Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
Ijara.soliq.uz servisida koʻchmas mulkning ikkilamchi ijarasi shartnomasini rasmiylashtirish hamda uy-joyni talabalarga ijaraga berish imkoni paydo boʻldi. Batafsil - buxgalter.uz sharhida
Ikkilamchi ijara shartnomasi qanday rasmiylashtiriladi
Umuman, odatiy ijara shartnomasini rasmiylashtirish jarayoni kabi: ijarachi shartnoma boʻyicha ma’lumot kiritadi, shundan soʻng, ijaraga oluvchi uni tasdiqlashi lozim. Natijada, rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi guvohnoma shakllantiriladi. Biroq ikkita jihat bor:
1. Ijarachi ijara.soliq.uz ga ikkilamchi ijara shartnomasi toʻgʻrisida ma’lumot kiritadi, “Koʻchmas mulkni ijaraga berish toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimida “Ikkilamchi ijara” bandi belgilanadi.
2. Ijaraga beruvchi “Koʻchmas mulk ob’yekti” satrida chiqib keladigan tavsiyadan oʻzi ijaraga olgan ob’yektni tanlaydi.
Talabalar bilan ijara shartnomasi qanday rasmiylashtiriladi
Talaba–ijarachi ijaraga beruvchi tomonidan kiritilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun ijara.soliq.uz ga kirishi shart emas. Uning mobil telefoniga yuborilgan kodni ma’lum qilishning oʻzi yetarli.
Ijaraga beruvchiga:
1. “Ijarachi toʻgʻrisida ma’lumot” boʻlimini toʻldirishda talabaning JShShIRni kiriting. “F.I.O.” “Oʻquv muassasasi”, “Fakultet”, “Ta’lim shakli va bosqichi”, shuningdek, “Doimiy roʻyхatdan oʻtish manzili” ustunlari avtomatik tarzda toʻldiriladi.
2. Tegishli ustunga talabaning telefon raqamini kiriting hamda “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasini bosing. Talabaga SMS-хabar tarzida 5 хonali tasdiqlash kodi yuboriladi. Talabadan mazkur kodni ma’lum qilishini soʻrang.
3. “Tasdiqlash kodi” qatoriga kodni kiriting.
4. Agar uyni faqat bir talabaga ijaraga berayotgan boʻlsangiz, “Tasdiqlash” tugmasini bosing. Agar bir nechtasiga boʻlsa, barcha ijarachilar toʻgʻrisida ma’lumot kiritish uchun “Qoʻshish” tugmasidan foydalaning.
Bu yerdagi va mana bu yerdagi manbaga qarang
![]()