9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Jismoniy shaxs (mulkdor) avtomobilni yuridik shaxsga ijaraga beradi. Oʻz navbatida, yuridik shaxs shu avtomobilni ikkilamchi ijara shartnomasi asosida jismoniy shaxsga (uchinchi shaxsga) ijaraga beradi. Bunday vaziyatda YHQni buzganlik uchun jarimani kim va qanday shartlarda toʻlaydi?
Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan yurist Ikrom ABDULQODIROV javob berdi:
- “Agar gap maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilishlari haqida borsa, MJTKning 171-moddasiga asosan:
- ma’muriy javobgarlikka transport vositasining mulkdori tortiladi. Agar shunga oʻxshash vaziyatda transport vositasi yuridik shaxsga tegishli boʻlsa, ma’muriy javobgarlikka yuridik shaxsning transport vositasidan foydalanish uchun mas’ul boʻlgan shaxsi tortiladi;
- agar ma’muriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida tegishli transport vositasiga huquqbuzarlik qayd etilgan paytda egalik qilgan shaxs aniqlansa yoxud mazkur transport vositasi boshqa shaxslarning gʻayrihuquqiy xatti-harakatlari natijasida transport vositasi mulkdorining egaligidan chiqib ketganligi aniqlansa, transport vositasining mulkdori oʻziga tegishli transport vositasidan foydalanib sodir etilgan, maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidabuzarliklari uchun ma’muriy javobgarlikdan ozod etiladi.
Xulosa: transport vositasining mulkdori (birinchi jismoniy shaxs) qaror ustidan shikoyat berishi mumkin va natijada ikkilamchi ijaraga oluvchi (uchinchi jismoniy shaxs) jarimaga tortilishi kerak.
Agar mulkdor jarima toʻlashga rozi boʻlsa, korxona-ijaraga oluvchi uning iltimosiga binoan uning uchun jarimani toʻlashi mumkin.
Biroq bunday vaziyatda soliq oqibatlari yuzaga keladi:
- jismoniy shaxs-avtomobil mulkdori uchun yuridik shaxs-ijaraga oluvchi tomonidan toʻlangan jarima - bu moddiy naf tarzidagi daromad
boʻlib, unga toʻlov manbaida yoki deklaratsiya boʻyicha JShDS solinadi
; - yuridik shaxs-foyda soligʻi toʻlovchi uchun bu - chegirilmaydigan xarajatlar
”.
![]()