Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Guvohnoma toʻxtatilganda byudjetga toʻlangan QQS qaysi xarajatlarga kiritiladi
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:

– “Guvohnoma toʻxtatilgan davrda korxonada QQSni hisobga olish huquqi yoʻqoladi
. Shuningdek, ushbu davrda hisobga olish huquqidan foydalanish uchun buxgalterda guvohnoma tiklangandan keyin ham u toʻxtatilgan davr uchun Hisob-kitobni qayta topshirish imkoniyati boʻlmaydi.
Guvohnoma toʻxtatilgan davr uchun barcha hisobvaraq-fakturalar QQS hisob-kitobiga 3-ilovaga kelib tushmaydi. Bu xaridorga QQS qoplab berilmasligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Asosli savol tugʻiladi: foyda soligʻini hisoblab chiqarishda buxgalter qanday yoʻl tutishi kerak? Toʻlangan QQS qaysi xarajatlarga kiritiladi - chegiriladiganmi yoki chegirilmaydigan?
Soliqqa oid qonunchilikda ushbu savolga javob - yoʻq. SKning 314-moddasida QQS toʻlovchisi guvohnomasini toʻxtatib turish imkoniyati umuman koʻrib chiqilmaydi. Ushbu kamchilikni toʻldirish kerak, deb oʻylayman. Aks holda ushbu masala boʻyicha fikrlar doim farqlanadi.
Men, soliq maslahatchisi sifatida, agar ushbu summa hujjat bilan tasdiqlansa va iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlasa, uni chegiriladigan xarajatlarga kiritish zarur, deb hisoblayman.
Soliqchilarda, ehtimol, ushbu masala yuzasidan oʻzgacha fikr boʻlishi mumkin. Ular SK tomonidan yuklatiladigan ehtiyotkorlikni namoyon qilishlari va kontragentning QQS toʻlovchisi guvohnomasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlaridan hisobvaraq-fakturani shakllantirish mumkinligiga asoslanib, bu chegirilmaydigan xarajat, deb hisoblashlari mumkin.
Bu masalada yakuniy fikrni qonun chiqaruvchilar imkon qadar tezroq aytishlari kerak.
SKga oʻzgartirishlar kiritish masalasi - bu bir kunlik vazifa emas. Amaliyotda esa bunday muammolar tadbirkorlarda bugun yuzaga kelishi mumkin. Shu bois SKga toʻldirishlar qabul qilingunga qadar bir xil amaliyotni qoʻllash maqsadida, Moliya vazirligi va Soliq qoʻmitasining mazkur masala yuzasidan tushuntirishlari va tavsiyalari zarur”.
Oleg GAYeVOY tayyorladi