9 oyni xatolarsiz yopamiz:
2021 yil yakunlarini yopish chogʻida buxgalterlar QQSni hisobga olishdan chiqarib, unga tuzatish kiritish lozim boʻlgan vaziyatlarga duch kelishadi. Buni aynan qanday hollarda va qanday toʻgʻri amalga oshirishni “Norma” eksperti Irina AXMETOVA tushuntirdi:
– “Quyidagi hollarda hisobga olingan “kiruvchi” QQSga tuzatish kiritishga toʻgʻri keladi
:
- xarid qilingan tovarlardan va xizmatlardan soliq solishdan ozod etilgan aylanma uchun foydalanilganda;
- tovarlar buzilganda yoxud tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha yoʻqotilgan taqdirda.
Agar bunday normalar sizning tovarlaringizga nisbatan qonun hujjatlari bilan belgilanmagan boʻlsa, ularni mustaqil ravishda belgilang. Ushbu norma favqulodda holatlar (tabiiy ofat, yongʻin, YTH va boshqa shu kabi holatlar) munosabati bilan tovarlarning buzilishiga yoxud yoʻqotilishiga nisbatan tatbiq etilmasligini inobatga oling;
- yetkazib beruvchi tomonidan taqdim etilgan hisobvaraq-fakturalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haqiqiy emas deb e’tirof etilganda;
- siz QQS toʻlovchi maqomini yoʻqotganingizda yoki soliq toʻlashdan ozod qilinganingizda. Soliqni toʻlamaydiganlar toifasiga oʻtish sanasida yoki soliq toʻlashdan ozod qilish sanasida QQS bilan xarid qilingan tovarlar qoldiqlari boʻyicha QQSni hisobga olishdan chiqaring va uni tovarlarning qiymatiga kiriting;
- siz tomondan xarid qilingan tovarlar soliq organlarida hisobga qoʻyilmagan shartnomalar asosida ijaraga olingan yoki bepul foydalanilayotgan koʻchmas mulk ob’yektlarida saqlanganda.
.
Bir nechta vaziyatlarni koʻrib chiqamiz.
QQS toʻlovchisi boʻlgan qurilish korxonasi buyurtmachilarning ob’yektlarida qurilish-montaj ishlarini bajaradi. Hisobga olish lozim boʻlgan QQS summasini aniqlash uchun u alohida-alohida usuldan foydalanadi.
May oyida korxona 57 500 ming soʻmlik qurilish materiallari xarid qildi, shu jumladan QQS - 7 500 ming soʻm.
May oyida QQS solishdan ozod etilgan aylanmalar mavjud emas, shu bois “kiruvchi” QQSning barcha summasi (7 500 ming soʻm) hisobga olindi.
Iyun oyida korxona XUMSh bilan uy-joy fondini ta’mirlash uchun shartnoma tuzdi. Bunday ishlarga aholi tomonidan XUMSh orqali haq toʻlanadi va QQSdan ozod qilingan
. Ularni bajarishda korxona may oyida olingan QQSsiz 15 000 ming soʻmlik materiallardan foydalandi. Binobarin, ular boʻyicha 2 250 ming soʻm (15 000 x 15%) miqdoridagi QQSni hisobga olishdan chiqarib, bajarilgan ishlar tannarxiga kiritish zarur.
Buxgalteriya hisobida hisobga olishga qabul qilingan QQS summasiga tuzatish kiritishni quyida tarzda aks ettiring:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, ming soʻm |
Schyotlarning korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
May oyida materiallar xarid qilindi |
50 000 |
|
|
|
Xarid qilingan materiallar boʻyicha QQS summasi hisobga olindi |
7 500 |
||
|
Materiallar bajarilgan ishlar tannarxiga hisobdan chiqarildi:
|
35 000 15 000 |
||
|
May oyida hisobga olingan QQS summasiga iyun oyida tuzatish kiritildi |
2 250 |
||
QQS boʻyicha hisobotda:
- QQS solishdan ozod qilingan aylanma uchun foydalanilgan materiallar qiymatini (15 000 ming soʻm) QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0601-satri 3-ustunida aks ettiring;
- QQS boʻyicha hisobga olishga tuzatish kiritish summasini (2 250 ming soʻm) QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0601-satri 4-ustunida aks ettiring.
Inventarizatsiya chogʻida QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona omborda 1 000 ming soʻmlik foydalanish uchun yaroqsiz materiallarni aniqladi.
Materiallarning mazkur turi boʻyicha tabiiy kamayish normalari belgilanmagan, buzilishda aybdor boʻlganlar aniqlanmagan. Materiallar QQS bilan xarid qilingan boʻlib, u belgilangan tartibda hisobga olingan.
Tuzatish kiritish lozim boʻlgan QQS summasi 150 ming soʻmni (1 000 x 15%) tashkil etadi. Uni byudjetga hisoblash va yaroqsiz materiallar qiymatiga kiritish zarur.
Buxgalteriya hisobida hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritishni quyidagi tarzda aks ettiring:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, ming soʻm |
Schyotlarning korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Hisobdan chiqarilishi lozim boʻlgan yaroqsiz materiallar boʻyicha QQS summasiga tuzatish kiritildi |
150 |
||
|
Yaroqsiz materiallar hisobdan chiqarildi |
1 150 |
||
|
Yaroqsiz materiallarni hisobdan chiqarishdan koʻrilgan zarar aks ettirildi |
1 150 |
||
QQS boʻyicha hisobotda:
- inventarizatsiya chogʻida aniqlangan, QQS bilan (1 000 ming soʻm) xarid qilingan yaroqsiz materiallar qiymatini QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0602-satri 3-ustunida aks ettiring;
- QQS boʻyicha hisobga olishga tuzatish kiritish summasini (150 ming soʻm) QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0602-satri 4-ustunida aks ettiring.
QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona yangi yildan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashga oʻtdi. 1 yanvar holatiga omborda dekabrda 7 500 ming soʻm QQSni hisobga olgan holda xarid qilingan 57 500 ming soʻmlik tovar hisobda turadi. QQS belgilangan tartibda hisobga olingan.
1 yanvardan boshlab korxona QQS toʻlovchisi maqomini yoʻqotganligi bois, TMZ qoldiqlari boʻyicha hisobga olish summasiga tuzatish kiritish zarur.
Tuzatish kiritish lozim boʻlgan QQS summasi 7 500 ming soʻmni tashkil etadi. Uni byudjetga hisoblash va tovarning qiymatiga kiritish zarur.
Buxgalteriya hisobida hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritishni quyidagi tarzda aks ettiring:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, ming soʻm |
Schyotlarning korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Dekabr oyida tovar xarid qilindi |
50 000 |
|
|
|
Xarid qilingan tovar boʻyicha QQS summasi hisobga olindi |
7 500 |
||
|
Tovar qoldigʻiga toʻgʻri keladigan va ilgari hisobga olingan QQS summasiga tuzatish kiritildi |
7 500 |
||
|
Yanvarda realizatsiya qilingan tovarning tannarxi hisobdan chiqarildi |
57 500 |
||
Dekabr oyi uchun QQS boʻyicha hisobotda:
- QQS bilan xarid qilingan va QQS toʻlamaydiganlar toifasiga oʻtkazilish paytida omborda hisobda turgan tovar qiymatini (50 000 ming soʻm) QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0604-satri 3-ustunida aks ettiring;
- QQS boʻyicha hisobga olishga tuzatish kiritish summasini (7 500 ming soʻm) QQS hisob-kitobiga 3-ilovaning 0604-satri 4-ustunida aks ettiring.
. Bunda guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda siz “kiruvchi” QQSni hisobga olish huquqini yoʻqotasiz”.![]()