Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
«Yaxshi ishlagani va kompaniya rivojiga hissa qoʻshgani uchun 2021 yil yakunlari boʻyicha xodimlarga mukofot (bonuslar) toʻlayapmiz. Hisoblash ishlarini 2022 yil mart-aprel oylarida amalga oshiramiz. Ragʻbatlantiriladigan xodimlar orasida 2021 yilda ishdan boʻshatilgan va vafot etgan xodimlar ham bor. Ularga hisoblangan mukofotlarni qanday toʻgʻri tasniflash lozim: MHTF tarzidami, bepul hadya yoki moddiy yordam sifatidami? Ushbu toʻlovlar foyda soligʻini hisoblashda chegirib tashlanadimi?».
Savolga «Norma» kompaniyasi eksperti Olga BUSAROVA javob berdi:
– «Korxona xodimlariga beriladigan, shu jumladan avval berilgan bonuslar ularning soliq solinadigan daromadlari hisoblanadi
.
Mukofot va bonuslar mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlardir
.
Siz mehnat shartnomasi bekor qilingandan keyin xodimga ilgarigi ish joyidan toʻlovni amalga oshirayotgan boʻlsangiz, bunday toʻlovlarga soliq imtiyozlari qoʻllanilmagan holda JShDS solinadi
.
Xodim vafot etgan kunga qadar olinmagan ish haqi uning oila a’zolariga, shuningdek mehnatga qobiliyatsizligi tufayli vafot etgan shaxsning qaramogʻida boʻlgan shaxslarga beriladi
. Amaliyotda ish haqi, foydalanilmagan ta’til uchun kompensatsiya va mukofot puli odatda ish beruvchiga oʻlim haqidagi guvohnomaning nusxasini taqdim etgan oila a’zosiga beriladi. Pullarni toʻlash uchun kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga oʻlim haqidagi guvohnomaning nusxasini, qarindoshning arizasi va pasport nusxasini hamda qarindoshchilikni tasdiqlaydigan tugʻilganlik haqidagi guvohnomasini qoʻshib qoʻyishning oʻzi yetarli boʻladi.
Xodimlarning mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromadlari, shu jumladan ishdan boʻshatilgan va vafot etgan xodimlarning daromadlari foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlar hisoblanadi, sababi ular asoslangan, hujjatlar bilan tasdiqlangan va qonun hujjatlari – Mehnat kodeksi qoidalaridan kelib chiqib amalga oshirilgan
.
Ushbu xarajatlar korxona tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan, tegishincha, ular 2022 yildagi foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasidan chegirib tashlanadi».
Xodimlarga haq toʻlashga oid quyidagi materiallarni tavsiya qilamiz:
![]()