9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Ichki audit xarajatlari nimalar tarkibiga kiritilishi va foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda ular chegirilishi yoki chegirilmasligi masalasini “Norma” kompaniyasi eksperti Viktoriya BEZGINA tushuntirib berdi:
– “Korxonalarda ichki audit xizmati toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ichki audit xizmati korxonaning kuzatuv kengashi qarori bilan tuziladigan va ushbu korxonada ichki auditni amalga oshiradigan tuzilmaviy boʻlinma hisoblanadi. Ya’ni bu korxonaning istalgan boshqa boʻlinmalariga oʻxshash boʻlimidir. Ichki auditorlarning ish haqi ma’muriy xodimlar ish haqi kabi aks ettiriladi.
Bunda Nizom bilan aktivlarning balans qiymati 1 mlrd soʻm boʻlgan korxonalarda hamda aktivlarining balans qiymati 100 ming BHMdan yuqori boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarida (tijorat banklari va byudjet tashkilotlaridan tashqari) ichki auditni tashkil etishga nisbatan yagona talab belgilanadi. Bunday korxonalar uchun bu qonun hujjatlaridan kelib chiqadigan korxonaning xarajatlari hisoblanadi
.
Shu tariqa, ichki auditga xarajatlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegiriladigan xarajatlar hisoblanadi
”.
Xarajatlarni aniqlashga oid yanada koʻproq koʻrsatmalar – bu yerda:
- Mehnatga haq toʻlashga oid ishlab chiqarish xarajatlari qanday shakllantiriladi;
- Foyda soligʻi hisob-kitobida xarajatlar guruhlar boʻyicha qanday aks ettiriladi;
- Chegirilmaydigan xarajatlar qanday aniqlanadi.
![]()