9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Oilaviy korxona ochishni rejalashtirmoqdamiz. Buning uchun nimalar zarurligini tushuntirib berishingizni soʻraymiz”.
Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun qadamma-qadam yoʻriqnomani yurist Ikrom ABDULQODIROV tayyorladi:
1-qadam: faoliyati, nomi va ustav fondi, soliq solish va hokazolarga nisbatan qonunchilik talablarini oʻrganamiz.
Oilaviy korxonalarning faoliyati “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonun bilan reglamentlanadi. Uning 4-moddasiga asosan oilaviy korxona - bu ixtiyoriy asosda, oila a’zolarining umumiy mol-mulki yoki ayrim a’zolariga tegishli mol-mulki negizida tovarlar ishlab chiqarish va realizatsiya qilish yoki xizmatlar koʻrsatish maqsadida tashkil etiladigan kichik tadbirkorlik sub’yektidir.
Boʻlgʻusi oilaviy korxonangiz faoliyat turini Kichik tadbirkorlik sub’yektlariga tegishli boʻlgan tashkilotlarning tasniflagichi yordamida aniqlang.
Shuni nazarda tuting: oilaviy korxona quyidagilarni amalga oshirishi mumkin emas
:
- aksiz soligʻi toʻlanadigan mahsulotni ishlab chiqarish
; - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olish
; - sanoat tusidagi faoliyatni koʻp kvartirali uyning turar joylarida amalga oshirish;
- oilaviy korxona tomonidan oʻz faoliyatida zaharli va radioaktiv moddalar va materiallardan, bosim ostida ishlaydigan asbob-uskunalar, inson va atrof-muhit uchun yuqori darajada xavfli boʻlgan boshqa asbob-uskunalardan foydalanish
.
Oilaviy korxona, har qanday boshqa korxona kabi, faoliyatning ayrim turlarini faqat litsenziya mavjud boʻlganda amalga oshirishi mumkin
.
Korxona nomini “Firma nomlari toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini hisobga olgan holda tanlang. Oilaviy korxona toʻliq firma nomiga ega boʻlishi lozim va qisqartirilgan firma nomiga ega boʻlishga haqli.
Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan, pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki oʻzga shaxsga oʻtkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Shuni nazarda tuting: yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas
.
Agar siz litsenziyalanadigan faoliyatni rejalashtirsangiz, oilaviy korxona ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.
Oilaviy korxona ishtirokchilarini aniqlash chogʻida OʻRQ-327-son Qonunning 5-moddasiga amal qiling. Faqat muomalaga layoqatli, mehnatga qobiliyatli yoshga toʻlgan shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari boʻlishi mumkin. Aynan:
- oila boshligʻi, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tugʻishgan hamda oʻgay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, togʻa va amaki hamda amma va xolalari).
Oilaviy korxona ishtirokchilarining eng kam soni - 2 kishidan oz boʻlmasligi kerak.
Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning oʻzida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi boʻlishi mumkin emas.
Joylashgan yeri (pochta manzili)
FKning 46-moddasi talablaridan kelib chiqib, yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtkazishda pochta manziliga ega boʻlishi lozim hamda keyinchalik uning oʻzgarganligi toʻgʻrisida vakolatli davlat organlarini xabardor etishi shart.
Oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda tegishli boʻlgan turar joylar va yashash uchun moʻljallanmagan joylar, shu jumladan, ishlab chiqarish, xoʻjalik binolari va boshqa imoratlar oilaviy korxona faoliyati amalga oshiriladigan joy boʻlishi mumkin
.
.
Soliq solish va foyda olish
Oilaviy korxona qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlaydi
. Oilaviy korxonalar uchun soliq solishning hech qanday alohida shartlari belgilanmagan.
Ular aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar boʻlishi mumkin, agar SKda bunday soliq toʻlovchilar uchun belgilangan mezonlarga muvofiq kelsa
yoki foyda soligʻi va QQS toʻlovchilar boʻlishi mumkin.
Oilaviy korxonaning foydasi soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar toʻlanganidan keyin va dividenddan olinadigan soliq ushlab qolinishini hisobga olgan holda uning ishtirokchilari tasarrufiga oʻtadi
.
Yuridik hujjatlar namunalari va soliqlar va hisobot, kassa va bank operatsiyalari, hisob va faoliyatning boshqa masalalari boʻyicha batafsil tushuntirishlarni siz Buxgalter.PRO da – “Mikrobiznes” (12 oyga 1 MHEKM) va “Kichik biznes” (12 oyga 2 MHEKM)da topasiz.
Batafsil bilish uchun qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan bogʻlaning (+998 (78) 150-11-72).
2-qadam: davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni tayyorlaymiz
Oilaviy korxonani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar toʻplamini tayyorlang, buni lotin yozuvida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Oilaviy korxonaning ta’sis hujjati - bu uning barcha ishtirokchilari tomonidan tuziladigan ta’sis shartnomasi
. U quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- oilaviy korxona boshligʻining va boshqa ishtirokchilarining F.I.O. hamda yashash joyi (manzili);
- ustav fondining miqdori;
- ishtirokchilar tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkni belgilash tartibi;
- firma nomi va joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- ishtirokchilar oʻrtasida tadbirkorlik faoliyatidan olingan foydani, shuningdek oilaviy korxona tugatilganda mol-mulkni taqsimlash tartibi;
- ishtirokchilarning oilaviy korxona foydalanishiga berilayotgan mol-mulki roʻyxati;
- oilaviy korxonaning mol-mulkiga doir yirik bitimning miqdori (ya’ni qanday bitim yirik bitim hisoblanadi);
- ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi;
- ishtirokchilar muhim deb hisoblaydigan boshqa shartlar.
Ta’sis shartnomasi oilaviy korxonaning barcha ishtirokchilari tomonidan imzolanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarda oilaviy korxona nomidan uning boshligʻi ish koʻradi
. Oilaviy korxona ishtirokchilaridan biri uning boshligʻi boʻlishi mumkin, unga qolgan barcha ishtirokchilar bir ovozdan ish muomalasida oʻz nomlaridan ishtirok etish huquqini beradi.
Korxona boshligʻini tayinlashni oilaviy korxona ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi bayonnomasi bilan rasmiylashtiring
.
3-qadam: davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali - onlayn yoki shaxsan borib roʻyxatdan oʻtish mumkin
.
Buni onlayn tarzda qanday amalga oshirishni koʻrib chiqamiz.
I bosqich: soʻrovni shakllantirish
- My.gov.uz da “Yangi tadbirkorlik sub’yektini roʻyxatdan oʻtkazish” davlat xizmatini tanlang.
Ariza beruvchi firma nomini soʻrovni shakllantirish jarayonida mavjud firma nomlaridan (lotin yozuvida) tanlaydi. Ya’ni, agar bunday firma nomi qandaydir boshqa firmaga tegishli boʻlsa, tizim bu haqda xabar beradi. Tegishincha, undan foydalanish imkoniyati yoʻq. Agarda firma nomi boʻsh boʻlsa, tizim uni siz uchun 60 kalendar kunga band qilib turadi. Agar 60 kunda korxonangiz davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasa, siz tomondan band qilingan firma nomi yana boʻsh boʻladi.
Soʻrovga davlat tilidagi ta’sis shartnomasi elektron hujjat shaklida yoki Pdf formatida ilova qilinishi kerak.
Bundan tashqari, ikkita va undan ortiq ta’sischilari boʻlgan yuridik shaxslarning soʻrovlari ta’sischilar tarkibiga kirish toʻgʻrisida har bir ta’sischining roziligini oʻz ichiga olishi kerak. Buning uchun har bir ta’sischi uning elektron pochtasiga yoʻllangan xabarnomani tasdiqlashi, shuningdek Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali identifikatsiyadan oʻtishi kerak (bundan Oʻzbekiston fuqarosi hisoblanmaydigan shaxslar mustasno).
Oʻzbekiston fuqarosi hisoblanmaydigan shaxslar majburiy tartibda shaxsiy ERIsi bilan arizani imzolashlari kerak.
II bosqich: davlat bojini toʻlash
Soʻrovni shakllantirish yakunlangach, ariza beruvchi davlat bojini toʻlaydi, uning stavkasi tasdiqlangan miqdorlar boʻyicha avtomatik tarzda aniqlanadi
.
Toʻlovni quyidagi tarzda amalga oshirish mumkin:
- internet orqali - bank kartasi va ulangan “SMS-xabar” xizmati yordamida;
- bank kassasi orqali - naqd yoki naqdsiz hisob-kitob boʻyicha - tizim tomonidan shakllantirilgan soʻrovning noyob raqamini koʻrsatgan holda;
- hisobvaraqdan bank oʻtkazmasi yordamida naqdsiz hisob-kitob boʻyicha.
Davlat boji toʻlangan paytdan boshlab shakllantirilgan soʻrovnoma roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mas’ul xodimining shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboradigan tizim tomonidan saqlanadi.
III bosqich: sub’yektni roʻyxatdan oʻtkazish va guvohnomani shakllantirish
Keyinchalik tizim belgilangan muddatlarda ariza beruvchi tomonidan taqdim etilan ma’lumotlarni solishtiradi va ular davlat organida mavjud ma’lumotlarga muvofiq boʻlganda:
- Tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestriga yozuv kiritish yoʻli bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiradi;
- tegishli shakl boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani shakllantiradi;
- roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomani, ta’sis hujjatlarini elektron hujjatlar repozitoriysida saqlaydi;
- elektron hujjatlar repozitoriysida davlat roʻyxatidan oʻtkazishga, qayta roʻyxatdan oʻtkazishga rad etishni shakllantiradi va saqlaydi.
Roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada, ta’sis hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ mas’ul xodimining ERIsi va QR-kod (matritsali shtrix kod), shuningdek identifikatsiya raqamlari boʻlishi kerak.
Ariza beruvchi YaIDXPdagi elektron hujjatlar repozitoriysida saqlanayotgan oʻzining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasini, ta’sis hujjatlarini erkin olish, shuningdek ularning nusxalarini qogʻozda chop etish huquqiga ega.
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
![]()