Soliqlarni toʻlash muddati yaqinlashmoqda – hisob-kitoblarni qayta tekshirib, ularni vaqtida toʻlang:
“2022 yil fevral oyida Qozogʻiston kompaniyasi bilan u tomondan хizmat koʻrsatilishi uchun shartnoma tuzdik. Kontragent rezidentlik sertifikatini taqdim etdi, unda sertifikat 2021 yil uchun berilganligi koʻrsatilgan. Lekin sertifikat olingan sana - 2022 yil 10 fevral. Bunday sertifikat boʻyicha toʻlov manbaida foyda soligʻini ushlab qolmasa boʻladimi? Qozogʻiston tarafining ma’lum qilishicha, hozirgi vaqtda ularning soliq organi faqat 2021 yil uchun rezidentlik sertifikatini bermoqda”.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan vaziyatni “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA sharhlab berdi:
– Norezidentning soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda koʻrsatilgan davr mobaynida Oʻzbekiston хalqaro shartnoma tuzgan davlatning soliq rezidenti deb norezident e’tirof etiladi
.
Agar soliq rezidentligini tasdiqlovchi hujjatda soliq rezidentligi davri koʻrsatilmagan boʻlsa, bunday hujjat berilgan (chet davlat vakolatli organining internet-resursida joylashtirilgan) kalendar yil mobaynida norezident хalqaro shartnomasi tuzgan davlatning soliq rezidenti deb e’tirof etiladi
.
Shu tariqa, agar rezidentlik toʻgʻrisidagi hujjatda kompaniya 2021 yilda rezident hisoblanishi koʻrsatilgan boʻlsa, mazkur hujjat faqat shu davr uchun rezidentlikni tasdiqlaydi.
Agar siz 2022 yilda daromad toʻlasangiz, 2022 yil uchun soliq rezidentligi toʻgʻrisidagi hujjatni soʻrab oling.
Shuningdek, ekspertlarning quyidagi tavsiyalarini koʻring:
- Shartnomani tuzishda chet el kompaniyasidan qanday hujjatlarni soʻrab olish lozim;
- Ikkiyoqlama soliq solishni oldini olish toʻgʻrisida хalqaro shartnomalar qoidalarini qoʻllash tartibi.
![]()