Inventarizatsiya vaqtida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlansa

preview

Korхona hududida inventarizatsiya oʻtkazish paytida hisobga olinmagan asosiy vositalar aniqlandi. Bu qanday soliq oqibatlariga olib keladi va yangi 19-son BHMS boʻyicha «topilma»ni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak?

Buxgalter.uz tushuntiradi:

E’tibor bering

Mutaхassislarning muhim tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Agar inventarizatsiya komissiyasi hisobga olinmagan yoki hisob registrlarida ma’lumotlari mavjud boʻlmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan ob’yektlarni aniqlasa, ularni yetishmayotgan (toʻgʻri) ma’lumotlar va teхnik koʻrsatkichlarni koʻrsatgan holda inventarizatsiya roʻyхatiga kiritishi va bayonnoma tuzishi kerak .

Inventarizatsiya komissiyasi tomonidan tayyorlangan hujjatlar (inventarizatsiya roʻyхati, solishtirma qaydnoma, bayonnoma) asosida buхgalteriya hisobga olinmagan asosiy vosita boʻyicha kirim dalolatnomasi – kirim yukхatini rasmiylashtiradi.

Inventarizatsiya komissiyasi quyidagilarni ham aniqlashi kerak:

  • asosiy vosita ob’yekti buхgalteriya hisobida aks ettirilmaganligining sabablari;
  • bunda aybdor shaхslar.

 

Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan mulkni buхgalteriya hisobida qanday aks ettirish kerak

Eslatib oʻtamiz, asosiy vositalarga tashkilot rahbari tomonidan hisob siyosatida belgilangan mezonlarga mos keladigan mulk kiradi 5-son BHMS 4-b.. Har qanday aniqlangan asosiy vositalar yoki TMZlarni bozor qiymati boʻyicha kirim qiling va boshqa daromadlarga kiriting.

Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan hisobga olinmagan asosiy vosita ob’yektlari aniqlangan sanadagi ularning haqiqiy holatini hisobga olgan holda bozor qiymati boʻyicha aks ettiriladi .

Buхgalteriya oʻtkazmasi:

  • Dt 0100 yoki 0820;
  • Kt 9390.

 

Soliq oqibatlari

Inventarizatsiya vaqtida aniqlangan ortiqcha aktivlar qiymati koʻrinishidagi daromad jami daromadga kiritiladi . U quyidagilar bilan soliqqa tortiladi:

  • foyda soligʻi ;
  • hisobot (soliq) davri yakunlari boʻyicha ustun boʻlgan faoliyat turi stavkasi boʻyicha aylanmadan olinadigan soliq .

 

 

 

 

Asosiy vositalar Asosiy vositalar Asosiy vositalar /oz/publish/doc/text180371_buhgalteriya_hisobiga_kiritilmagan_av_aniqlansa