9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxonada bayram arafasida shanbalik oʻtkazilib, hisoblangan ish haqi “Mahalla” fondiga xayriya yordami sifatida oʻtkazildi. Bunday ish haqini qanday toʻgʻri hisoblash va ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida aks ettirish mumkin? U boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga keladimi?
Savollarga “Norma” eksperti Tatyana LIMAREVA javob berdi:
JShDS va ijtimoiy soliq
– Shanbalik tashkilotchilari xodimlarga ushbu kun uchun ish haqi xayriya maqsadlari uchun yoʻnaltirilishini ma’lum qilishdi. Binobarin, shanbalikka chiqish xodimning ushbu xayriya ishida ishtirok etishga roziligini bildiradi.
SKning 378-moddasida shanbalik boʻyicha imtiyozlar mavjud emas. Metsenatlik koʻmagini koʻrsatish boʻyicha imtiyoz mavjud
, biroq mazkur holda bu metsenatlik* emas, deb hisoblayman. Shu tariqa, shanbalik uchun hisoblangan ish haqiga
, odatdagi ish haqiga singari, umumbelgilangan tartibda JShDS solinadi. Bunda byudjetga oʻtkaziladigan soliq summasi shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaragʻiga ajratmalar (1% ShJBPH) summasiga kamaytiriladi.
*Ma’lumot uchun:
Metsenatlik (metsenatlik faoliyati) - madaniyat va san’at, shuningdek ilm-fan, ta’lim, ma’rifat hamda madaniyat va san’atni rivojlantirish bilan bogʻliq boshqa faoliyat sohasida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan homiylik faoliyati.
Metsenatlik koʻmagi - metsenatlik faoliyati doirasida metsenatlar tomonidan begʻaraz yoki imtiyozli shartlar asosida metsenatlik koʻmagini oluvchilarga beriladigan mol-mulk, shuningdek ular uchun bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar va qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari
.
Shanbalik uchun hisoblangan ish haqi summasiga ham ijtimoiy soliq solinadi
.
E’tibor bering
Ish vaqtini hisobga olish tabelida shanbalikka chiqish ish kuni sifatida qayd etiladi. Agar xodim tez-tez ish vaqtidan tashqari ishda ishlasa, ish vaqtining umumiy fondi bir yil uchun belgilangan normadan ortiq boʻlmasligini kuzatib boring
.
Foyda soligʻi
Shanbalikda bajarilgan ish uchun hisoblangan ish haqi foyda soligʻini hisoblab chiqishda chegiriladigan xarajatlarga kiritiladi
. Agarda ish haqidan tashqari korxona “Mahalla” fondiga qoʻshimcha mablagʻlarni yoʻnaltirsa, korxonannig bunday xarajatlari chegirilmaydigan xarajatlarga kiritiladi
.
Buxgalteriya hisobi
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
Summa |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Xodimga shanbalik uchun maoshidan kelib chiqqan holda ish haqi hisoblandi - 1 500 000 soʻm (1 500 000 x 1 : 19), bunda 19 - 5 kunlik ish haftasida bir oyda ish kunlari soni |
78 947,37 |
||
|
JShDS hisoblandi (78 947,37 x 12%) |
9 473,68 |
||
|
ShJBPHga 0,1% hisoblandi (78 947,37) x 0,1% |
6530 |
78,95 |
|
|
Ijtimoiy soliq hisoblandi (12%) (78 947,37 x 12%) |
9 473,68 |
||
|
Shanbalik uchun xayriya fondiga yoʻnaltiriladigan ish haqi aks ettirildi (78 947,37 – 9 473,68) |
69 473,69 |
||
|
“Mahalla” fondiga shanbalik uchun hisoblangan ish haqi oʻtkazildi |
69 473,69 |
||
Tavsiya qilamiz:
![]()