9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Prezidentning 2022 yil 8 apreldagi PF-101-son Farmoni bilan ayrim soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilindi. Ilgari soliq toʻlovchilarning cheklangan doirasiga berilgan boshqa imtiyozlar esa tarmoqning barcha xoʻjalik yurituvchi sub’yektlariga tatbiq etiladi. Qulay boʻlishi uchun buxgalter.uz ularni jadvalga jamladi:
1. Bekor qilinadigan imtiyozlar: (08.04.2022 yildagi PF-101-son Farmonning 9-bandi “b” xatboshi)
|
|
2022 yil 1 iyuldan boshlab |
||
|
T/r |
NHH |
Bekor qilingan imtiyoz |
Oluvchilar |
|
1 |
17.01.2017 yildagi PF-4933-son Farmon 7-b. |
12 oy muddatga yuridik shaxslar mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Umumbelgilangan soliqlar toʻlovchi davlat mulki ob’yektlarining sotib oluvchilari - yuridik shaxslar |
|
2 |
05.07.2017 yildagi PF-5106-son Farmon 13-b. 8-xatboshi |
Barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod etish |
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etiladigan, turli fanlar boʻyicha ta’lim dasturlariga ixtisoslashtirilgan shoʻ’ba korxonalari |
|
3 |
03.02.2018 yildagi PF-5326-son Farmon 8-b. “a” kichik b. va 9-b. |
Foyda soligʻi, yer soligʻi va mol-mulk soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish
|
Asosiy faoliyat turi tematik xiyobonlar xizmatlarini tashkil qilish boʻlgan yuridik shaxslar |
|
5 yil muddatda amaldagi stavkaning 25%i miqdorida boj toʻlovlarini toʻlash |
Dvigatel hajmi 2,4 l. dan kam boʻlmagan yuqori oʻtish qobiliyatiga ega boʻlgan transport vositalarini olib kirayotgan Qoraqalpogʻiston turizm operatorlariga |
||
|
4 |
29.03.2018 yildagi PF-5388-son Farmon 7-b. 2-xatboshi |
Mahsulot bitta meva-sabzavot klasteri ichida sotilganda QQS toʻlashdan ozod qilish |
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar |
|
5 |
27.06.2018 yildagi PF-5466-son Farmon 3-b. «d» kichik b. |
QQS toʻlashdan ozod qilish |
"Yosh tadbirkorlar" kovorking-markazlari va "Yoshlar mehnat guzari" komplekslarini qurishga mablagʻlar yoʻnaltiriladigan xususiy investorlar |
|
6 |
22.05.2012 yildagi PQ-1759-son qaror 8-b. 2-xatboshi |
Erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan imtiyozlar |
“Uz-Prista Recycling” MChJ QK |
|
QQS toʻlashdan ozod qilish |
"Uz-Prista Recycling" MChJ QK ishlab chiqarishlarini barpo etish doirasida ishlarni/xizmatlarni bajaradigan xorijiy kompaniyalar |
||
|
7 |
27.05.2013 yildagi PQ-1975-son qaror 4-b. |
QQS toʻlashdan ozod qilish |
“Navoiy KMK” AJ uchun texnika, asbob-uskunalar va ularga ehtiyot qismlar, shuningdek materiallarni olib kirishga |
|
Yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilish |
“Qizilqum fosforit kompleksi” MChJ |
||
|
8 |
19.09.2014 yildagi PQ-2237-son qaror 5-b. 3 xatboshisi va 7-b. |
Oʻzbekistondagi faoliyatdan olingan daromadlardan JShDS toʻlashdan ozod qilish |
“LG CNS Uzbekistan” qoʻshma korxonasiga ishga jalb qilingan xorijiy jismoniy shaxslar |
|
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, olib kelinadigan asbob-uskunalar, butlovchi qismlar, detallar, uzellar, texnologik hujjatlar, dasturiy ta’minot vositalari boʻyicha bojxona toʻlovlaridan ozod qilish |
“LG CNS Uzbekistan” QK |
||
|
9 |
23.05.2017 yildagi PQ-2992-son qaror 16-b. |
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha chetdan olib kelinadigan asbob- uskunalar, texnika, aloqa tizimlari va vositalari, dasturiy mahsulotlar va boshqa moddiy-texnik vositalar boʻyicha |
Yuridik shaxslar |
|
10 |
13.05.2017 yildagi PQ-3055-son qaror 8-b. |
QQS va bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
“Nukuselectroapparat” MChJ |
|
11 |
19.06.2017 yildagi PQ-3068-son qaror 5-b. 3-xatboshi |
SSPdan olingan mablagʻlar qismida barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod qilish |
SSP tomonidan tadbirkorlik sub’yektlariga konsultatsiya, konsalting va ta’lim xizmatlarini koʻrsatish uchun tashkil etilgan unitar korxonalar |
|
12 |
06.07.2017 yildagi PQ-3115-son qaror 6-b. |
Foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, yuridik shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish (sobiq "Toshoʻyinchoq" zavodining asosiy binolari va inshootlari hamda yer maydoni hududi 2,8 ga boʻlgan boshqa binolar va inshoot hududida amalga oshirilayotgan zamonaviy mahalliy bolalar buyumlari va oʻyinchoqlari ishlab chiqarilishini tashkillashtirish doirasida) |
“NBU INVESTMENT” MChJ ishtirokida tashkil etiladigan korxonalar |
|
13 |
28.02.2018 yildagi PQ-3573-son qaror 12-b. 2-xatboshi |
Yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Uzumning texnik navlarini ishlab chiqaruvchilar |
|
14 |
20.03.2018 yildagi PQ-3616-son qaror 13-b. |
Yer soligʻi, mol-mulk soligʻi toʻlashdan ozod qilish (tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar boʻyicha) |
Yuridik va jismoniy shaxslar |
|
Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol- mulkiga solinadigan soliq, foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilish ("Oʻzpaxtasanoat" AJ tomonidan tekin foydalanish huquqi asosida foydalanish uchun berilgan ipak qurti boqishga moʻljallangan inshootlar uchun ijaraga oluvchining ijara haqi foydasiga hisoblab chiqiladigan) |
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibidagi tashkilotlar |
||
|
15 |
08.05.2018 yildagi PQ-3701-son qaror 2-b. 8-xatboshi |
Yer soligʻi, mol-mulk soligʻi, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish (qaror doirasida taqdim etiladigan yer uchastkasiga va unda qurilgan koʻchmas mulkka nisbatan, shuningdek, mazkur ob’yektlarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan foyda yoki tushumlarga nisbatan) |
Xalq qabulxonalari binolarini qurayotgan investorlar |
|
16 |
26.06.2018 yildagi PQ-3802-son qaror 9-b. 2-xatboshi |
Barcha koʻrsatiladigan xizmatlar boʻyicha barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod qilish |
"Soliq-servis" DUK |
|
17 |
26.11.2018 yildagi PQ-4030-son qaror 4-b. |
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olish faoliyati qismida barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod qilish |
Qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishni amalga oshiradigan shaxslar |
|
18 |
31.01.2002 yildagi 41-son VMQ 2-b. |
Termiz stansiyasidan Hayraton stansiyasigacha Afgʻonistonga olib oʻtiladigan yuklarni tashishda koʻrsatiladigan xizmatlar va transport-ekspeditorlik xizmatlari boʻyicha QQS toʻlashdan ozod qilish |
Yuridik shaxslar |
|
19 |
25.01.2018 yildagi 53-son VMQ 6-b. 5-xatboshi |
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xoʻjaliklari oladigan hamda ular tomonidan beriladigan, oʻzlari ishlab chiqaradigan mahsulotlarni sotish boʻyicha aylanmalar bilan bogʻliq boʻlmagan pul mablagʻlari va mulk, shuningdek, sof daromad taqsimoti qismida foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq, toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etadigan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishi tashkilotchilari va fermer xoʻjaliklari |
|
20 |
27.01.2018 yildagi 63-son VMQ 15-b. 2-xatboshi |
Aksiz soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
“Lanextrakt” MChJ QK ta’sis etadigan xoʻjalik yurituvchi sub’yekt |
|
21 |
23.07.2019 yildagi 619-son VMQ 9-b. “b” kichik b. 2-xatboshi |
Olib kiriladigan tovarlar boʻyicha QQS toʻlashdan ozod qilish (roʻyxat boʻyicha) |
“Jizzax organic” MChJ XK, Singapurning “Enter Engineering Pte.Ltd” kompaniyasi va uning subpudratchi tashkilotlari |
|
|
2023 yil 1 yanvardan boshlab |
||
|
T/r |
NHH |
Bekor qilingan imtiyoz |
Oluvchilar |
|
1 |
24.04.2015 yildagi PF-4720-son Farmon 10-b. |
Boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash fondidan ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod qilish |
Aksiyadorlik jamiyatlari |
|
JShDS, toʻlov manbaida olinadigan daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv xodimlari sifatida faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy mutaxassislar |
||
|
2 |
10.04.2017 yildagi PF-5005-son Farmon 8-b. |
Ichki ishlar organlari tizimini tubdan isloh qilish kompleks chora-tadbirlar Dasturini amalga oshirish uchun olib kiriladigan tovarlar boʻyicha QQS toʻlashdan ozod qilish |
Yuridik shaxslar |
|
3 |
24.05.2017 yildagi PF-5052-son Farmon 6-b. 2-xatboshi |
Akademik litseylar, professional va oliy ta’lim muassasalarining birinchi marta ishga qabul qilingan bitiruvchilari uchun ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod qilish |
Ish beruvchilar |
|
4 |
17.06. 2019 yildagi PF-5742-son Farmon 4-b. 6-xatboshi |
Yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish. Imtiyozli davr yakunlanganidan soʻng, yangidan foydalanishga kiritilgan yer uchastkasiga nisbatan 10 yil davomida foydalanishga kiritilgunga qadar belgilangan soliq stavkalari qoʻllaniladi |
Qishloq xoʻjaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish konsepsiyasi doirasidagi yer maydonlaridan foydalanuvchilar |
|
5 |
14.02.2017 yildagi PQ-2776-son qaror 4-b. va 6-b. 3-xatboshi |
Foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi korxona va tashkilotlar |
|
Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha olib kelinadigan uskunalar, xomashyo va materiallar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va uzellar uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
|||
|
6 |
16.08.2017 yildagi PQ-3217-son qaror 11-b. |
Boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan malakali xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash fondi boʻyicha ijtimoiy soliq toʻlashdan ozod qilish |
Mehmonxonalar |
|
JShDS toʻlashdan ozod qilish |
Boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan malakali xorijiy mutaxassislar |
||
|
7 |
25.08.2017 yildagi PQ-3244-son qaror 6-b. |
Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
“Eco Paper Industry” MChJ |
|
8 |
04.10.2017 yildagi PQ-3309-son qaror 8-b. 4-5-xatboshilar |
Begʻaraz topshirilayotgan va qabul qilinayotgan mulki boʻyicha foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
"Koʻprikqurilish" tresti" UK, "Transyoʻlqurilish" DUK hamda Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi tarkibiy boʻlinmalari |
|
QQS va foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
"Koʻprikqurilish" tresti" UK va uning tarkibiy boʻlinmalari |
||
|
9 |
03.01.2018 yildagi PQ-3457-son qaror 12-b. |
Olib kelinadigan maxsus moslamalar va boshqa tovarlar uchun (roʻyxatlar boʻyicha) bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
Milliy antidoping agentligi |
|
10 |
01.03.2018 yildagi PQ-3578-son qaror 17-b. |
Mineral-xomashyo bazani rivojlantirish davlat dasturlari doirasida olib boriladigan geologiya ishlari (xizmatlari) uchun QQS toʻlashdan ozod qilish |
Davlat geologiya qoʻmitasi va uning tasarrufidagi tashkilotlari |
|
11 |
07.11.2018 yildagi PQ-4008-son qaror 5-b. “b” kichik b. |
JShDSning 50%lik stavkasini toʻlash |
Yuqori malakali mutaxassislar:
|
|
12 |
05.01.2019 yildagi PQ-4095-son qaror 14-b. |
2024 yilning 1 yanvariga qadar olib kiriladigan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, dasturiy ta’minot, toʻlov-ma’lumot terminallari, videokuzatuv tizimlari (roʻyxatga muvofiq) uchun QQS toʻlashdan ozod qilish |
Tadbirkorlik sub’yektlari |
|
13 |
16.09.2019 yildagi PQ-4453-son qaror 3-b. 3 va 5-xatboshilari |
Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm- poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarining soliqqa tortiladigan bazasini 7 yil davomida teng ulushlarda zamonaviy tozalash va kanalizatsiya inshootlarini qurish boʻyicha xarajatlar summasiga kamaytirish tarzida foyda soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalari |
|
JShDSning 50%lik stavkasini toʻlash |
"Oʻztoʻqimachiliksanoat" va "Oʻzcharmsanoat" uyushmalarining xorijiy konsultantlari, shuningdek, toʻqimachilik, tikuv-trikotaj, charm-poyabzal va moʻynachilik sohalari korxonalarida mehnat faoliyatini yuritayotgan xorijiy mutaxassislar |
||
|
14 |
01.02.2021 yildagi PQ-4969-son qaror 1-b. 2-xatboshi |
Olib kelinadigan ehtiyot qismlari va butlovchi buyumlar (roʻyxatlar boʻyicha) uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
Mahalliy qishloq xoʻjaligi texnikasini ishlab chiqaruvchilar |
|
15 |
14.05.2002 yildagi 158-son VMQ 11-b. |
Barcha soliq turlarini toʻlashdan ozod etish |
Qoʻngʻirot soda zavodi |
|
Koʻrsatilgan loyiha doirasida keltiriladigan texnik hujjatlar, texnologik asbob-uskunalar va moddiy-texnika resurslari uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
Qoʻngʻirot soda zavodini qurish boʻyicha bosh direksiya |
||
|
Toʻlov manbaida foyda va daromad soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
Xitoyning "Sitik" kompaniyasi, xorijiy bank va sugʻurta korporatsiyasi, shuningdek, xorijiy konsultantlar |
||
|
16 |
22.02.2016 yildagi 49-son VMQ 8-b. 3-xatboshi |
Bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
"Poytaxt qurilish va xizmat" DUK |
|
17 |
04.01.2019 yildagi 5-son VMQ 11-b. 2-xatboshi |
Olib kelinadigan qurilish texnikasi, kichik mexanizatsiya vositalari, materiallar va uskunalar (roʻyxat boʻyicha ) uchun bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish |
Boshqaruv kompaniyalari |
|
18 |
10.08.2019 yildagi 656-son VMQ 3-b. “ye” kichik b. |
Investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan tovarlar boʻyicha QQS toʻlashdan ozod qilish |
Yuridik shaxslar |
Koʻrsatib oʻtilganlardan tashqari, PF-101-son Farmonga asosan Oʻzbekistonning xalqaro shartnomalari boʻyicha 2020 yil 1 iyulga qadar ma’qullangan va Oʻzbekistonning tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan yoki qayta kreditlanadigan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari (qarzlari, kreditlari) hisobidan olinadigan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha soliq va bojxona imtiyozlari ham bekor qilinadi. Mazkur norma tijorat banklari va tadbirkorlik sub’yektlari oʻrtasida yangi tuziladigan bitimlar (rasmiylashtirish shakli va usulidan qat’iy nazar) asosida olinadigan tovarlarga (xizmatlarga) tatbiq etiladi.
2022 yil 1 maydan boshlab tarmoqlardagi barcha tadbirkorlik sub’yektlari uchun tatbiq etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari (08.04.2022 yildagi PF-101-son Farmonning 9-bandi “a” xatboshi)
|
T/r |
NHH |
Tatbiq etiladigan imtiyoz |
Uni oluvchilar |
|
1 |
29.03.2017 yildagi PQ-2856-son qaror 7-b. 3-xatboshi. |
Bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod qilish (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) |
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar |
|
2 |
01.05.2017 yildagi PQ-2939-son qaror 16-b. |
Aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish |
"Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi, hududiy "Baliqsanoat" MChJlar va "Oʻzbekbaliqsanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar |
|
3 |
12.01.2018 yildagi PQ-3472-son qaror 10-b. |
Bojxona toʻlovlari (QQS va bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar |
|
4 |
03.05.2018 yildagi PQ-3693-son qaror 10-b. |
Foyda soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish (faqat "Oʻzcharmsanoat" uyushmasi a’zolari -tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari boʻyicha kamida 80%ni tashkil qilganda) |
Charm, moʻyna, qorakoʻl xomashyosi hamda junni yigʻish va tayyorlash bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar |
|
5 |
04.12.2018 yildagi PQ-4047-son qaror 7-b. |
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi toʻlashdan ozod qilish |
"Oʻzbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar |
|
6 |
15.02.2019 yildagi 138-son VMQ 9-b. |
Yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻi, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, foyda soligʻi, aylanmadan olinadigan soliq toʻlashdan ozod qilish. Shuningdek, bojxona toʻlovlari (qoʻshilgan qiymati soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilish |
Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklar plantatsiyalarini tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarni qayta ishlaydigan a’zolari |
Sizga quyidagi tavsiyalar foydali boʻlishi mumkin:
- JShDS imtiyozni hisobga olgan holda qanday hisoblab chiqiladi;
- Texnopark rezidentlariga imtiyozlarni qoʻllash tartibi;
- Foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash va uni soliq hisobotida aks ettirish;
- Investitsiyaviy chegirma qanday qoʻllaniladi va soliq hisobotida aks ettiriladi.
Saida JONIZOQOVA tayyorladi