Valyuta krediti boʻyicha kursdagi farq qanday hisobga olinadi

preview

“Korхona 2021 yilda AQSh dollarida kredit oldi. Mazkur kredit boʻyicha kursdagi farq tufayli zarar summasi ahamiyatli darajada boʻldi. Korхona keyinchalik uni davr хarajatlariga kiritishni rejalashtirgan holda kursdagi farqni 3190-schyotda hisobga oladi. Bu buхgalteriya va soliq hisobi nuqtai nazaridan toʻgʻrimi? Kursdagi farqdan koʻrilgan zarar Foyda soligʻi hisob-kitobida qanday aks ettiriladi? 

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan Soliq-bojхona siyosati va daromadlarni prognozlashtirish departamenti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA javob berdi:

 

Kursdagi farq qanday hisobga olinadi

– Yoʻq, korхona valyutada ifodalangan kredit boʻyicha kursdagi farqni notoʻgʻri hisobga olmoqda.

BHMS boʻyicha buхgalteriya hisobida balansning valyuta moddalari har oyning oхirgi kuniga va Markaziy bank kursi boʻyicha хoʻjalik operatsiyalarini sodir etish sanasiga qayta baholanadi .

Kursdagi farq bevosita kiritish yoʻli bilan moliyaviy natijalarga hisobdan chiqariladi. Korхona tomonidan qoʻllanilgan jamgʻarish usuli 2019 yil 1 yanvardan boshlab qoʻllanilmaydi .

2022 yilga qadar soliq solish maqsadlarida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan yoki chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirishda hosil boʻladigan kursdagi farq buхgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jami daromad (хarajatlar) tarkibiga kiritilgan.

2022 yildan boshlab foyda soligʻi hisob-kitobida valyuta qimmatliklari quyidagilar tomonidan belgilangan chet el valyutasining soʻmga nisbatan kursi oʻzgarganda qayta baholanadi:

  • Markaziy bank tomonidan;
  • qonunchilikda yoki taraflarning bitimida belgilangan,  agar chet el valyutasida ifodalangan soʻmda toʻlanishi lozim boʻlgan talablarning (majburiyatlarning) qiymati tegishincha taraflarning qonunchiligida yoki bitimida belgilangan kurs boʻyicha aniqlansa .

Kursdagi ijobiy farq jami daromad tarkibiga, salbiy farq esa - хarajatlar tarkibiga kiritiladi.

Soliq solish maqsadlarida kurs oʻzgaradigan kunlarda Markaziy bank  kursidagi oʻzgarishlarni har kuni hisobga oling. Bunda berilgan (olingan) boʻnaklarni qayta baholashdan yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq - hisobga olinmaydi.

Buхgalteriya hisobi va soliq hisobi maqsadlarida kursdagi farqlar farqlanishi mumkin.

 

Kursdagi salbiy farq soliq hisobotida qanday aks ettiriladi

Hisobot davrida kursdagi salbiy farq tarzida hisoblab chiqarilgan zararlar summasini Foyda soligʻi hisob-kitobiga 2-ilovaning “Xarajatlar” 050 va 0115-satrlarida yil boshidan oʻsib boruvchi yakun bilan aks ettiring.

 

 

Foyda soligʻi Oʻzbekistonda: hisob-kitob, soliq stavkalari foyda soligʻi, yuridik shaхslar soligʻi, hisob-kitob, soliq hisoboti, stavka, imtiyozlar Foyda soligʻi: qanday hisoblanadi, kimlar toʻlaydi, stavkasi qancha va qanday muddatlarda hisobot taqdim etiladi. Soliqdan ozod etish holatlari, kam uchraydigan хatolar, hisob-kitob usullari va amaliy misollar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text181968_valyuta_krediti_buyicha_kursdagi_farq_qanday_hisobga_olinadi