9 oyni xatolarsiz yopamiz:
IT-park rezidentlari qiziqarli preferensiyaga ega boʻlishdi: ular noturarjoy mulkka yoki ijaraga olingan binoga ega boʻlishlari majburiy emas, ular virtual ofis orqali roʻyxatdan oʻtishlari va faoliyatlarni amalga oshirishlari mumkin
. Buxgalter.uz bu qanday ishlashini aniqlashtirdi:
Virtual ofis - Internet jahon axborot tarmogʻida joylashgan yuridik (pochta) manzili orqali (jismoniy joylashmagan holda) xodimlar oʻz ishlarini bajarishlari, kompaniya bilan kontragentlar (yetkazib beruvchilar, xaridorlar, davlat organlari va boshqalar) bilan muloqot qilish imkonini beruvchi joy
.
IT-park rezidentlariga virtual ofis uning Direksiyasi tomonidan taqdim etiladi. Xizmat - pullik, uning qiymati Direksiya tomonidan belgilanadi.
Virtual ofis soliq organlarida roʻyxatdan oʻtgan joy boʻyicha taqdim etiladi. Buning uchun
:
- kompaniya – IT-park rezidenti Direksiyaning veb-portalidagi shaxsiy kabineti orqali ariza yoʻllaydi;
- kompaniyaning ijro etuvchi organi rahbari Oʻzbekiston fuqarosi boʻlishi kerak.
- IT-park rezidenti virtual ofis shartnomasi tuzilganidan (bekor qilinganidan) keyin qayta roʻyxatdan oʻtishiga (ta’sis hujjatlaridagi yuridik (pochta) manzilini oʻzgartirishiga) toʻgʻri keladi.
Virtual ofis egalariga quyidagilar qoʻllanilmaydi
:
- yuridik manzilida yuridik shaxslarning yoʻqligi uchun hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish;
- faoliyat yuritayotgan xodimlarning turar joy binolarini noturar joy toifasiga oʻtkazish;
- mulkida, ijaraga olingan yoki tekin foydalanayotgan binosi mavjud emasligi uchun yuqori darajadagi soliq xavfi toifasiga kiritish va boshqa ta’sir choralari.
Oleg GAYeVOY tayyorladi