9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Korxona import qilingan tovarlarni olib kirishda QQSni toʻlash muddatini uzaytirish imkoniyatidan foydalandi. Uning tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilish boʻyicha barcha aylanmasiga QQS solinadi. Korxona bunday vaziyatda import qilingan tovarlarni olib kirishda QQSni hisobga olishi mumkinmi?”.
Ushbu savolga milliy qonunchilik qanday javob berishini “Norma” ekspertlari Irina AXMETOVA va Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirishdi:
– Tovarlarni import qilishda korxona bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarni bajargan taqdirda QQSni hisobga olishi mumkin
:
- tovarlarni ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish (xizmat koʻrsatish) bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish chogʻida tovarlardan foydalanilganda realizatsiya qilish boʻyicha aylanmaga QQS, shu jumladan nol stavka boʻyicha solinishi lozim boʻlganda;
- tovarlar olib kirilgan (import qilingan) taqdirda QQS byudjetga toʻlanganda.
Shu tariqa, korxona QQSning haqiqatda toʻlanishiga qarab - soliqning toʻlangan summalari doirasida QQSni hisobga olishi mumkin
.
Vaziyatni shartli misolda koʻrib chiqamiz.
2022 yil iyul oyida QQS toʻlovchisi boʻlgan korxona tovarni import qilib, uni ichki bozorda realizatsiya qildi, deb faraz qilaylik. Tovarning kontrakt qiymati 169 718,2 ming soʻm, bojxona qiymati - 180 000 ming soʻm, bojxona boji - 9 000 ming soʻm, import qilishda QQSni hisob-kitob qilish uchun tovarning qiymati 189 000 ming soʻm (180 000 + 9 000).
Tovarning bojxona rasmiylashtiruvida hisoblab chiqarilgan QQS 28 350 ming soʻmni (189 000 x 15%) tashkil etdi.
Iyul oyida korxona bojxona organiga QQSni qisman - 20 000 ming soʻm miqdorida toʻladi. Qolgan qismi (8 350 ming soʻm) avgust oyida toʻlandi.
Binobarin, iyul oyida faqat 20 000 ming soʻmni, avgust oyida esa - 8 350 ming soʻmni hisobga olish mumkin
.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Summa, |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
Tovar uni buxgalteriya hisobiga qabul qilish sanasidagi Markaziy bank kursi boʻyicha kirim qilindi |
169 718,2 |
||
|
Tovarning tannarxiga kiritiladigan bojxona boji aks ettirildi |
9 000 |
||
|
Bojxona rasmiylashtiruvida hisoblab chiqarilgan QQS aks ettirildi |
28 350 |
||
|
Iyulda “import” QQSning bir qismi toʻlandi va hisobga olindi |
20 000 |
||
|
Avgustda “import” QQSning qolgan qismi toʻlandi va hisobga olindi |
8 350 |
||
![]()