Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Korxona tovarlarni eksport qiladi. Mehmonlarni – MDH davlatlaridan kelgan eksportga yetkazib berish boʻyicha hamkorlarni qabul qildik, ularning Chorvoq dam olish zonasida ikki sutka boʻlishi uchun haq toʻladik”.
JShDS va foyda soligʻi boʻyicha soliq oqibatlarini “Norma” eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:

– Mazkur vaziyatda JShDS boʻyicha soliq oqibatlari siz hamkorlarning dam olish zonasida boʻlishi uchun toʻlov xarajatlarini qanday tan olishingizga bogʻliq.
Dastlabki holatda bu – 12% stavka boʻyicha JShDS solinadigan moddiy naf tarzidagi daromadlar
.
Korxonaning jismoniy shaxslarning moddiy naf tarzidagi daromadlari hisoblanadigan xarajatlari foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanmaydi
.
Biroq koʻrib chiqilayotgan vaziyatda korxona shunchaki mehmonlarni emas, balki biznes boʻyicha hamkorlarni Oʻzbekistonda qabul qilgan va dam olishlari uchun haq toʻlagan. Agar siz ularni qabul qilish xarajatlarini vakillik xarajatlari sifatida tan olsangiz va tegishli hujjatlarni (buyruq, xarajatlar smetasi, tasdiqlovchi hujjatlar) rasmiylashtirsangiz, JShDS boʻyicha soliq oqibatlari boʻlmaydi
.
Shuningdek, agar siz amalga oshirilgan xarajatlarning iqtisodiy jihatdan oqlanganligini asoslab bersangiz, ular foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi
.
![]()