Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Chet ellik mutaxassisga kvartira ijara haqini korxona toʻlasa, JShDS stavkasi qanday boʻladi
Korxonada chet ellik yuqori malakali mutaxassis ishlaydi. Korxona uning uchun kvartira ijara haqini toʻlaydi. Uning moddiy naf koʻrinishidagi daromadiga qanday – 12% yoki 6% soliq stavkasida soliq solish lozimligi haqida «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA maxsus buxgalter.uz uchun tushuntirish berdi:
– Birinchi navbatda Prezidentning «Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning malakali mutaxassislari tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PQ-4008-son qaroriga muvofiq, quyidagi jismoniy shaxslar yuqori malakali mutaxassislar deb tan olinishini yodda tutish lozim:
- xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (roʻyxati Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi) reytingida birinchi 1 000 oʻrinni egallaydigan oliy ta’lim muassasalarini bitirgan;
- e’tirof etilgan mutaxassislik yoki diplomdagi mutaxassislik boʻyicha 5 yildan kam boʻlmagan ish tajribasiga ega boʻlgan;
- Oʻzbekistonda mehnat faoliyatiga jalb qilish shartlari yiliga 60 ming AQSh dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan summada ish haqi (mukofot) olishni nazarda tutuvchi.
2019 yil 1 yanvardan boshlab yuqori malakali mutaxassislardan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi belgilangan stavkaning 50%i miqdorida undiriladi
. Bunda xodimning aybli harakatlari natijasida mehnat yoki fuqarolik-huquqiy shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, qoʻllanilgan soliq imtiyoziga asosan toʻlanmagan soliq summasi Davlat byudjetiga xodimdan undiriladi.
Shu tariqa, shaxs yuqori malakali mutaxassis maqomiga muvofiq kelsa, uning moddiy naf koʻrinishidagi daromadlariga nisbatan 6% miqdoridagi JShDS stavkasi qoʻllaniladi.
Tashkilotingiz shtatida chet elliklar boʻlsa, quyidagi tavsiyalar bilan tanishib chiqing:
- Chet ellik fuqaroni qanday ishga olish mumkin;
- Chet ellik xodimga qanday ish haqi toʻlash mumkin;
- Chet ellik fuqaroning soliq maqomi qanday aniqlanadi;
- Chet ellik xodimlarning daromadlaridan qanday JShDS toʻlanadi va u boʻyicha hisobot taqdim etiladi.
![]()