Yetkazib beruvchining QQS toʻlovchi guvohnomasi toʻxtatib turilsa

preview

«Yetkazib beruvchining QQS toʻlovchi guvohnomasi toʻxtatib turilganidan xabarimiz boʻlmagani uchun uning QQS ajratib koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturasini qabul qildik. Endi Hisob-kitobni shakllantirayotganda soliqni hisobga ololmayapmiz. Guvohnomasi toʻxtatib turilgan yetkazib beruvchi QQS qayd etilgan hisobvaraq-fakturalarni taqdim etishga haqlimi? Nima uchun bunday hisobvaraq-fakturalar boʻyicha QQSni hisobga ololmaymiz?».

Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Oleg SOY vaziyatga oydinlik kiritdi:

 

– QQS toʻlovchi guvohnomasi amal qilishining toʻxtatib turilishi yetkazib beruvchingiz ushbu soliqni toʻlamay qoʻyishini anglatmaydi  . Shu sababli ham u QQS summasi ajratib koʻrsatilgan hisobvaraq-fakturani sizga taqdim etgan.

Biroq, ushbu kontragentning hisobvaraq-fakturalari boʻyicha soliq summasini hisobga olishga haqli emassiz. Faqat soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtgan va QQS toʻlovchining amaldagi guvohnomasiga ega boʻlgan yetkazib beruvchilarning hisobvaraq-fakturalari asosida soliqni hisobga olish mumkin  .

Kontragentning QQS maqomini elektron soliq xizmatlari portalida havola orqali oʻtib tekshirish mumkin. Biroq, bu shartnomani tuzish paytida unda QQS toʻlovchining amaldagi guvohnomasi boʻlishidan, keyinchalik EHF taqdim etilganda esa u toʻxtatib turilgan boʻlib chiqishidan sizni sugʻurtalamaydi.

Har qanday holatda kontragentlarni tanlash chogʻida ularning soliq organlarida hisobga qoʻyilganligini, ishbilarmonlik obroʻsini, ishlab chiqarish bazasi va xodimlari mavjudligini, moliyaviy holatini, bitim boʻyicha majburiyatlarni bajarish qobiliyatini tekshirib, lozim darajada ehtiyotkorlik qilishingiz shart .

E’tibor bering

Ekspertlarning quyidagi tushuntirishlarida QQSni hisobga olish va kontragentlarni tekshirish haqida batafsil oʻqing:

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text185912_etkazib_beruvchining_qqs_tulovchi_guvohnomasi_tuhtatib_turilsa