Tekshiruv oʻtkazish uchun kelishsa, huquqingizni bilasizmi?

preview

Biznes-ombudsman boshqaradigan «Yagona davlat nazorati» (govcontrol.uz) portali va uning GovControl.uz mobil ilovasi, shuningdek Tadbirkorning virtual ofisi noqonuniy tekshiruvlardan himoyalanishingizda yordam beradi.

 

– Portal va mobil ilova davlat organlari huzuringizga tekshiruv bilan kelganlarida qanday yoʻl tutishingizda yordam beradi. Barcha axborot normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar bilan birga taqdim etilgan, ularda sizni qiziqtiruvchi masalalar boʻyicha batafsil axborot olishingiz mumkin.

Roʻyxatdan oʻtib, tadbirkorlik sub’yektingizning ERIsidan foydalangan holda quyidagilardan foydalanish imkoniga ega boʻling:

  • korxonangizda oʻtkazilishi rejalashtirilgan tekshiruvlar haqidagi axborotdan, shuningdek tekshiruvchi organ va tekshiruv oʻtkazish muddatlari haqidagi axborotni taqdim etish;
  • tekshiruvchining xizmat guvohnomasi raqami yoki familiyasi, ismi-sharifi boʻyicha haqiqatan u tekshiruvlarni oʻtkazish vakolatiga ega shaxs ekanini tekshirish imkonini beruvchi funksionaldan;
  • tekshiruvchilar oʻtkazilayotgan tekshiruvni majburiy tartibda roʻyxatga olishlari kerak boʻlgan Tekshiruvlarni elektron roʻyxatga olish kitobidan .

Ushbu resursda tekshiruv oʻtkazilishi haqida axborot boʻlmasa – tekshiruv oʻtkazish noqonuniy .

Huquqlaringiz poymol etilgan yoxud yuzaga kelgan masalalarni hal qilishingizda huquqiy yordam kerak boʻlsa, Tadbirkorning virtual ofisi servislaridan foydalaning.

Bu yerdagi va bu yerdagi manbalarga qarang.

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


Soliq nazorati: soliq hisobi — maslahatlar Soliq nazorati Soliq nazorati (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text186101_tekshiruv_utkazish_uchun_kelishsa_huquqingizni_bilasizmi