Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2023 yilning 1 yanvaridan boshlab soliq davri davomida jami daromadi 1 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilar oshgan kundan e’tiboran QQS va foyda soligʻini toʻlashga oʻtadi
. Ushbu chegaradan qanday qilib ogʻriqsiz oʻtish kerakligini buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA gapirib berdi:

– Ilgari bunday vaziyatda QQSga jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshgan oydan keyingi oyning birinchi kunidan oʻtish kerak boʻlgan. Soliq toʻlovchilar uchun bu variant qulayroq boʻlgan, sababi aksariyat hollarda ular vaqtdan yutishgan va QQS mexanizmlaridan toʻlaqonli foydalanishga xalaqit beradigan barcha kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin boʻlgan. Xususan – hisobga olish huquqidan foydalanishga. Endi bunday imkoniyat yoʻq. Bundan tashqari, ushbu masalada boshqa murakkabliklar ham bor.
QQSni qaysi paytdan e’tiboran toʻlash kerak?
“1 mlrd soʻmga yetgan kundan e’tiboran” jumlasining oʻzi Moliya vazirligi va DSQning rasmiy tushuntirishlarini talab qiladi. Biz buni ushbu vazirlik va idoralarning xodimlari qanday tushunishlarini bilmaymiz va bunday boʻlishi kerak emas.
Men, masalan, buni jami daromad 1 mlrd soʻmdan oshgan kunda soat 00:00 dan boshlab, hal qiluvchi sotuvlar ish kunining oxirida sodir boʻlishiga qaramay, QQSni hisoblab chiqarish va toʻlash kerak, deb tushunaman. Garchi e’tirozlarni kutyapman... Nima uchun hali chegaraga yetmagan taqdirda ertalabdan sotuvlardan QQS toʻlash kerak?
Ba’zilar tovar realizatsiya qilinganda biz 1 mlrd soʻmlik chegaraga yetgan paytdan e’tiboran QQSni toʻlash kerak, deb hisoblashadi. U holda mazkur paytni qanday qayd etish lozim? Agar, masalan, tovar 10 mln tursa va uni faqat bir butun sifatida sotish mumkin boʻlsa, uni sotish paytida esa biz tiyinlar yetishmaydigan bir milliardga ega boʻlsak, nima qilish kerak?
Biz yaqin vaqtda ushbu savollarga javob olamiz, deb umid qilaman. Barchasi qat’iy belgilangan miqdorda JShDS toʻlovchilar aylanmadan olinadigan soliqqa oʻtgan holdagi kabi tushunarli boʻlishi kerak. Bunda biz 100 mln soʻmdan oshgan oyda oshgan summadan aylanmadan olinadigan soliqni toʻlashimiz kerakligini bilamiz.
Lekin bu majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtishi kerak boʻlganlarni kutayotgan hamma murakkabliklar emas. Biz bilamizki, barcha QQS toʻlovchilari, shu jumladan yangilari QQS toʻlovchilarini
maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq majburiy tartibda tahlika-tahlil tizimidan oʻtkaziladi. Va ushbu tizim sizga xavfning yuqori darajasini bersa, siz ushbu xavflarni bartaraf etmagunizga qadar QQS toʻlovchisining toʻxtatib turilgan guvohnomasi bilan qolasiz.
Yangi QQS toʻlovchisi uchun toʻsqinliklar
Koʻp hollarda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchisi birdaniga QQSning tahlika-tahlil tizimidan muvaffaqiyatli oʻtishi mumkin emas. Eng muammoli jihatlarni aytib oʻtaman:
1. Koʻp aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar ta’sischi yoki rahbar roʻyxatga olingan joyda, ayrim hollarda esa – hatto yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazilgan, lekin ijaraga olingan binoda faoliyatni amalga oshirishadi. Aylanmadan olinadigan soliqda bunga hech kim e’tibor bermaydi. QQSga oʻtishingiz bilan bu toʻlovchining guvohnomasini toʻxtatib turishga asos boʻladi.
Siz roʻyxatdan oʻtkazilgan joyda ishlashingiz kerak. Siz kamida, qayta roʻyxatdan oʻtishingiz kerak va sizda ijara shartnomalari mavjud boʻlsa, bu yaxshi. Aks holda, bino topish va ijara shartnomasini tuzish uchun sizga vaqt talab qilinadi.
2. Direktor yoki ta’sischi toʻlamaslik yoki soliq hisobotlarini topshirish bilan bogʻliq muammolarga ega boshqa tashkilotlar bilan bogʻliq. Va yana – aylanmadan olinadigan soliqda bunga hech kim e’tibor bermaydi, QQS toʻlovchilari uchun esa bu –guvohnomani toʻxtatib turishga asos boʻladi. Ushbu kamchilikni bartaraf etish oson emas.
Tahlika-tahlil tizimi sizda aniqlashi mumkin boʻlgan boshqa xavflar ham mavjud.
Bundan tashqari, aynan oʻtishning dastlabki soatlarida sizga soliq ma’muriyatchiligi instrumentlarini, xususan – onlayn-NKM, imtiyozlarning qoʻllanilishini qayta sozlashlari kerak. Oʻtishdan oldin nima va qanday ishlashini tushunib olish lozim, bunga ham vaqt talab qilinadi. Biroq, bu vaqtda siz QQS toʻlashingiz kerak boʻladi.
Nima qilish kerak
Majburiy tartibda QQSga oʻtish boʻyicha muammolarning butun toʻplamiga ega boʻlmaslik uchun, milliard soʻm miqdoridagi chegaradan oʻtgan zahoti, qaysidir oyda siz baribir 1 mlrd soʻmdan oshishingiz muqarrar boʻlsa, men oʻz mijozlarimga ixtiyoriy ravishda QQSga oʻtishni tavsiya qilaman. Faqat vaqtni toʻgʻri hisoblab chiqish muhimdir.
Bunda, quyidagilarni hisobga oling:
1) ixtiyoriy ravishda maxsus roʻyxatdan oʻtkaziladigan hollarda ariza soliq toʻlovchi QQS toʻlashga oʻtadigan oy boshlanishiga qadar 7 ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etilishi kerak
;
2) kafolatli tarzda xavfning yuqori darajasiga tushmaslik uchun arizani faqat oʻtishga tayyorgarlik koʻrganingizdan soʻng topshiring. QQS toʻlovchilarini
maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomda koʻrsatilgan mezonlarga moʻljal olgan holda, siz tahlika-tahlildan oʻta olmaydigan pozitsiyalarni mustaqil tarzda aniqlashingiz mumkin. Shundan soʻng – ariza bergunga qadar ushbu muammolarni bartaraf eting;
3) soliq ma’muriyatchiligi instrumentlarida (onlayn-NKM, soliq imtiyozlarining qoʻllanilishi va hokazo) nimani qayta sozlash va buni qanday qilib tezkor tarzda amalga oshirish kerakligini oldindan bilib oling.
Oleg GAYeVOY tayyorladi