2023 yilda ijara toʻlovining qanday eng kam stavkalaridan foydalanamiz

preview

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Oʻzbekiston Respublikasida 2023 yil uchun koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini e’lon qildi.

 

Hududlar boʻyicha hokimlar qarorlarini yuklab olish mumkin:

 

Davlat mulkini ijaraga berishning eng kam stavkalaridan binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovining tayanch stavkasini hisoblab chiqarish uchun formula boʻyicha foydalaniladi :

  • Ts = Es х Kz х (Kq + Kh + Ko), bunda:

Ts – bir yilga bir kv. metr uchun ijara toʻlovining tayanch stavkasi;

Es – bir yilga bir kv. metr uchun eng kam stavka;

Kz – hududiy zonalar koeffitsiyenti;

Kq – qurilish turi boʻyicha koeffitsiyent (alohida turgan bino, qoʻshimcha qurilgan bino, binoning yuqori qismi, chordoq, boloхona, yarim yertoʻla, yertoʻla);

Kh – tutashib ketgan hududdan foydalanish koeffitsiyenti;

Ko – tijorat maqsadlarida foydalanishda qulaylik koeffitsiyenti (asosiy magistral yoʻllari boʻylab joylashgan, magistral yoʻllariga tutashish joylarida ikkinchi darajali avtotransport yoʻllarida joylashgan mol-mulk va hokazo).

Koeffitsiyentlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilanadi.

Manbaga qarang.

Shuningdek, sizga quyidagi tavsiyalar va maslahatlar foydali boʻladi:

Saida JONIZOQOVA tayyorladi


Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text188082_2023_yilda_ijara_tulovining_qanday_eng_kam_stavkalaridan_foydalanamiz