9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga ajratmalar qanday hisobga olinadi
50 foizdan ortiq davlat ulushiga ega boʻlgan korxonalar foydaning bir qismini innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga
– korxonalar tomonidan xizmat koʻrsatadigan banklarda ochiladigan maxsus hisobraqamlariga oʻtkazadi.
Bunday ajratmalarni qanday hisobga olishni “Norma” va buxgalter.uz iltimosiga binoan Moliya vazirligi Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyati departamenti direktori oʻrinbosari Asal XAShIMOVA tushuntirdi:

– Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari (yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan holda) quyidagilarda tashkil etiladi:
- xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalarida – 2018 yilning yanvar oyidan boshlab
; - UF (UK) da 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida – 2022 yilning 1 avgustidan boshlab
*.
Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalariga ajratmalar miqdori va shakllantirishning asosiy manbalari tashkilotning toifasiga bogʻliq holda farqlanadi:
- xoʻjalik boshqaruvi organlari va yirik davlat korxonalari unga sof foydaning 10%ini (qat’iy belgilangan %) ajratma qiladilar;
- 50 va undan ortiq foiz davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari – foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning 10%igacha ajratma qiladilar;
- Ayrim tashkilotlar uchun jamgʻarmaga ajratmalar miqdori qat’iy belgilangan summada belgilangan. Misol uchun, “NKMK” AJ va “OKMK” AJ uchun u 10 mlrd soʻmni tashkil etadi
.
* Ochiq ma’lumotlar partali va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining veb-saytida UFda 50 foizdan ortiq davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning roʻyxati joylashtirilgan. Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xoʻjalik birlashmalari roʻyxati 27.10.2020 yildagi PF-6096-son Farmonga 1-ilova bilan tasdiqlangan.
Yana bir bor qayd etishni xohlayman: innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi – bu yuridik shaxs emas. Pul mablagʻlari tashkilot tomonidan xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklaridan birida ochiladigan maxsus hisobraqamida jamlanadi**. Ushbu jamgʻarilgan mablagʻlar qat’iy belgilangan maqsadlarga yoʻnaltiriladi. Joriy yilning foydalanilmagan mablagʻlari keyinchalik maqsadli foydalanish uchun maxsus hisobraqamida qoldiriladi.
** 24.06.2022 yildagi 345-son VMQga asosan ta’sischisi byudjet tashkilotlari boʻlgan unitar korxonalarga gʻaznachilik orqali xizmat koʻrsatiladi.
Jamgʻarma mablagʻlarini faqat yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, zarur tajriba-sanoat sinovlarini oʻtkazish, “buzuvchi” innovatsiyalarni yaratish va ushbu sohani rivojlantirish bilan bogʻliq tadbirlarni moliyalashtirishga yoʻnaltirish mumkin
.
Jamgʻarmalarni tashkil etuvchi tashkilotlar rahbarlari doim moliyalashtiriladigan innovatsiya faoliyatini baholashlari, pul mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilishlari, shuningdek Jamgʻarmalar toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning 10-bandini hisobga olgan holda quyidagilarni tasdiqlashlari zarur:
- Namunaviy nizom asosida Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom;
- Innovatsion faoliyatni har yili rivojlantirish dasturi, hisobot yili uchun jamgʻarmaning daromadlari va xarajatlari smetasi (hisobot oyi, choragi kesimida) va hokazo.
Buxgalteriya hisobida jamgʻarmani shakllantirishni qanday aks ettirish kerak
Maxsus jamgʻarmalarni tashkil etish shakllantirish manbalari va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi bilan farqlanadi.
Jamgʻarmani tashkil etish moliyaviy natijaga ta’sir koʻrsatishi va tashkilotning kelgusi xarajatlari bilan bogʻliqligini hisobga olgan holda, hisobning ushbu ob’yekti alohida e’tiborni talab qiladi.
Jamgʻarmani shakllantirish maqsadli moliyalashtirishga kiradi, uning mablagʻlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq qat’iy belgilangan maqsadlarga – innovatsion faoliyatni rivojlantirishga sarflanadi. Bunda tashkilotlar har bir loyiha boʻyicha jamgʻarma mablagʻlarini sarflash hisobini alohida-alohida yuritishlari lozim.
Maqsadli moliyalashtiriladigan jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshirilgan xarajatlar foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini hisob-kitob qilishda xarajatlar tarkibida hisobga olinmaydi.
Agar sof foyda jamgʻarmani shakllantirish manbasi boʻlsa, unga ajratmalar 8710 -“ Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi” schyotining debeti boʻyicha va 8890 -“ Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi.
Agarda u foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydadan ajratmalar hisobidan shakllantirilsa, ular boshqa operatsion xarajatlar tarkibiga kiritiladi va hisobda 9430 -“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti debeti va 8890 -“ Boshqa maqsadli tushumlar” schyotining krediti boʻyicha aks ettiriladi. Hisobot davri oxirida 9430 -“Boshqa operatsion xarajatlar” schyoti 9910-“Yakuniy moliyaviy natija” schyoti bilan korrespondensiyada yopiladi. Ushbu xarajatlar chegirib tashlanadigan xarajatlar hisoblanadi, sababi jamgʻarmani shakllantirish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
.
Shartli misolda buxgalteriya hisobida jamgʻarmani shakllantirishni qanday aks ettirishni koʻrib chiqamiz:
|
Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
Summa |
|
|
Debet |
Kredit |
||
|
2022 yil yakunlari boʻyicha sof foydaning (1,5 mlrd soʻm) 10%i 150 mln soʻm innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirishga (ajratmaga) yoʻnaltirildi |
8890*** |
150 000 000 |
|
|
foyda soligʻini toʻlagunga qadar foydaning 10%i innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasini shakllantirishga yoʻnaltirildi |
150 000 000 |
||
|
Mablagʻlarning jamgʻarmaning maxsus hisobraqamiga oʻtkazilishi aks ettirildi |
150 000 000 |
||
|
Innovatsiya loyihasi doirasida xarajatlar smetasiga (va boshqa hujjatlar, korxonaning buyruqlari, hisob-kitob qaydnomalari, innovatsiya faoliyati boʻyicha ish vaqtini hisobga olish tabeli va hokazoga) asosan innovatsion faoliyat boʻyicha yetkazib beruvchilarga toʻlov, innovatsiya loyihasida band boʻlgan shaxslarning mehnatiga haq toʻlash aks ettirildi |
65 000 000 |
||
|
Yetkazib beruvchilar– innovatsiya loyihasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan EHF asosida QQS hisobga olindi |
Yetkazib beruvchilar – innovatsiya loyihasi ishtirokchilarining EHFda koʻrsatilgan QQS summasi |
||
|
Jamgʻarmaning maxsus hisobraqamidan innovatsiya loyihasi boʻyicha xarajatlarni toʻlash amalga oshirildi |
4310 (QQSni hisobga olgan holda, agar yetkazib beruvchilar – QQS toʻlovchilari boʻlsa (6990), 6710, 6520 |
65 000 000 |
|
***Ishchi schyotlar rejasida 8890 -“Boshqa maqsadli tushumlar” schyoti innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlarini hisobga olish uchun foydalanilishini koʻrsatishni tavsiya qilamiz.
Buxgalteriya hisobi va soliq hisobi maqsadlarida tegishli Hisob siyosatida quyidagi tartibni tasdiqlang:
1) jamgʻarmani shakllantirish boʻyicha hujjat aylanishi va operatsiyalarni hisobga olish tartibini moliyalashtirish manbalari kesimida;
2) jamgʻarma mablagʻlarining maqsadli sarflanishini ularni amalga oshirish muddatlarini inobatga olgan holda hisobga olish.
Innovatsiyalarni joriy etish boʻyicha xarajatlarning iqtisodiy jihatdan asoslanganligi innovatsion faoliyatning tasdiqlangan loyihalari, shuningdek ularning tashkilot faoliyatining ehtiyojlari va sohasiga muvofiqligi, rejalashtirilgan davr mobaynida ilmiy-tadqiqot ishlari, innovatsiyalarni joriy etish natijalari boʻyicha olingan daromadlar va hokazo asosida aniqlanadi.
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda, davlat ulushiga ega korxonaning tasarrufida qoladigan foydadan, shu jumladan – jamgʻarmani tashkil etish uchun foydalanish toʻgʻrisidagi qaror tegishli boshqaruv organining qarori bilan, davlat korxonalarida esa*** – uning ta’sischisi tomonidan qabul qilinadi. Bunda bunday foydadan foydalanish maqsadi mazkur davlat korxonasining faoliyati va mol-mulkidan foydalanish maqsadlariga zid boʻlmasligi kerak
.
**** 08.11.2022 yildagi PQ-415-son qarorga asosan 2023 yil 1 martdan boshlab unitar korxona tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. 2023 yil 1 martga qadar amalda faoliyat yuritib kelayotgan unitar korxona yoki qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklidagi yuridik shaxslarning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish jarayonlarini 2025 yil 1 yanvarga qadar yakunlashni nazarda tutuvchi tashkiliy chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.
Shu bilan birga, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 32-moddasiga asosan jamiyat Ustavida fondlarni tashkil etish nazarda tutiladi. Va uning mablagʻlaridan foydalanish kuzatuv kengashining vakolat doirasiga kiradi
. “Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasiga asosan esa jamiyat ishtirokchilari foydani taqsimlashda ishtirok etishga haqli. Shu bois tashkilotning ustavida jamgʻarmani shakllantirish manbalari, ajratmalarning davriyligi va cheklangan summasini, shuningdek boshqa shartlarni nazarda tutgan holda, uni tashkil etish shartlarini aniqlash muhimdir.
![]()