Majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtishda soliq toʻlovchi guvohnomasi qanday olinadi

preview

Aylanma 1 mlrd soʻmdan oshganda, QQS toʻlovchisi guvohnomasini qanday olish mumkin? Qanday muddatda soliq organlari tomonidan guvohnoma beriladi? «Yangi» soliq toʻlovchida soliq xavfi darajasi qanday tekshiriladi? Tizim bir mezon boʻyicha yuqori xavf darajasini belgilaganda va guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib qoʻyilganda nima qilish kerak?

Savollarga «Norma» va buxgalter.uz iltimosiga binoan DSQning QQS boshqarmasi katta soliq inspektori Munira SULAYMONOVA javob berdi:

 

– QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish va soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq toʻlovchi majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtayotgan oyning 5 ish kuni ichida bu haqda ariza yuborishi lozim .

«Yuridik shaxslarni QQS toʻlovchisi sifatida hisobga qoʻyish» interaktiv xizmatining «QQS toʻlovchilarni roʻyxatdan oʻtkazish» yoʻriqnomasi funksionali yordamida ariza bering.

Shaklni toʻldirayotganda albatta quyidagilarni koʻrsating:

  • QQS toʻlashga oʻtish majburiyati paydo boʻlgan sanani (SK 461-moddasiga muvofiq);
  • majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtilishini.

Mazkur holatda hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish hamda sizda va kontragentlaringizda soliqni hisobga olishda qiyinchiliklar boʻlmaydi.

Majburiy tartibda QQS toʻlashga oʻtilgan holatlarda ariza yuborilgan paytdan boshlab QQS toʻlovchisi guvohnomasi berilgungacha odatda bir necha soniyalar oʻtadi, ya’ni guvohnoma darhol beriladi . Siz uni my3.soliq.uz  dagi shaxsiy kabinetda «Yuridik shaxslarni QQS toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish» interaktiv xizmatining «Yuborilgan ariza holati» boʻlimida koʻrishingiz mumkin.

Siz guvohnomani olganingizdan keyin tizim avtomatik ravishda QQS toʻlovchilarni maxsus roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 4-bobida nazarda tutilgan xavf darajalari mavjudligi yuzasidan tekshiradi. Tekshiruv natijalarini my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetda «Yuridik shaxslarni QQS toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish» interaktiv xizmatining «Mening holatimni tekshirish»  yoʻriqnomasidan topasiz.

Guvohnomani olgandan keyin va har kuni ish kunini boshlayotganda yoʻriqnomadagi ma’lumotlarni koʻrib chiqishni tavsiya qilamiz.

 

Tahlika-tahlil tizimida aniqlangan xatoliklar qanday tuzatiladi

Birinchi navbatda «ichida belgi qoʻyilgan qizil doira» belgisi bilan qayd etilgan mezonlarga e’tibor qarating. Bunday qizil rangli belgi tizim ushbu mezon boʻyicha soliq xavfining yuqori darajasi mavjudligini aniqlaganini va bu kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish kerakligini bildiradi. Sizda 5 ish kunidan iborat muddat boʻladi .

Agar soliq toʻlovchi ushbu muddatda kamchiliklarni tuzatishga ulgurmasa, uning guvohnomasining amal qilishi mazkur mezon boʻyicha xavfning yuqori darajasi sabablari bartaraf etilmagunga qadar avtomatik tarzda toʻxtatib turiladi.

Bu qoidadan 2 ta istisno mavjud. Bular :

1) 3-mezon – soliq toʻlovchi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan manzilda mavjud boʻlmaganligi;

2) 7-mezon – elektron hisobvaraq-fakturalar tahlil qilinganda olingan ma’lumotlarga asosan amalga oshirilayotgan bitimlar (operatsiyalar) ularning xususiyatiga va soliq toʻlovchining faoliyati turiga, shuningdek xarid qilinayotgan va realizatsiya qilinayotgan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasiga muvofiq kelmasligi.

Mezonlar boʻyicha soliq toʻlovchilar avtomatik rejimda emas, balki soliq inspektori ishtirokida tekshiriladi. Agar inspektor tomonidan ushbu bandlar boʻyicha qoidabuzarliklar aniqlansa, u tekshiruv natijalarini soliq organlarining axborot tizimiga kiritganidan keyin darhol guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turiladi.

 

Guvohnomaning amal qilishi qanday tiklanadi

Mazkur jarayon ham avtomatlashtirilgan. Guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar soliq toʻlovchi tomonidan bartaraf etilgandan va ushbu oʻzgarishlar ma’lumotlar bazasida aks ettirilgandan soʻng 1 kun ichida guvohnomaning amal qilishi avtomatik tarzda tiklanadi .

SKning 266-1-moddasiga muvofiq guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi munosabati bilan hisobga olish uchun qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) boʻyicha toʻlangan (toʻlanishi lozim boʻlgan) soliq summasi guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan sanadan e’tiboran soliq toʻlovchida va uning xaridorlarida hisobga olinadi.

Ushbu huquqdan foydalanish uchun guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrda rasmiylashtirilgan barcha EHFlarga tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim eting. Tuzatilgan hisobvaraq-fakturani taqdim etish huquqi hisobvaraq-faktura yuborgan tarafga beriladi.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi

Oleg GAYeVOY tayyorladi.


QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text188540_majburiy_tartibda_qqs_tulashga_utishda_soliq_tulovchi_guvohnomasi_qanday_olinadi