9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Invoysga asosan 3D-modellarni import qilishni rejalashtirayapmiz, toʻlovni amalga oshirgandan soʻng, ularni ishlab chiqaruvchining saytidan yuklab olamiz. Bu xizmat koʻrsatish hisoblanadimi? Foyda soligʻi yuzaga keladimi?».
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga “Assistance In Tax” soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:
– Mazkur holda quyidagilarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelishi mumkin:
1) norezidentlarning daromadlaridan olinadigan foyda soligʻi (bitim qanday shartlarda amalga oshirilishiga bogʻliq);
2) xizmatlar importiga QQS.
Agar dasturiy mahsulot buyurtma boʻyicha yaratilgan va xaridor uning mulkdori hisoblansa, bunday bitim xizmat sifatida qaraladi. Bu holda Oʻzbekistondan tashqarida xizmatlar koʻrsatishdan olingan daromadlar toʻlov manbaida norezidentning daromadlari hisoblanmaydi
.
Agar norezident mulk huquqini oʻtkazmagan holda dasturiy mahsulotdan foydalanish huquqini oʻtkazsa, xaridor royalti toʻlaydi
. Royaltiga 20% stavka boʻyicha soliq solinadi
.
Xizmatlar importiga QQS har qanday holda yuzaga keladi
.
![]()