QQS toʻlovchisi oʻz vaqtida maxsus roʻyxatdan oʻtmagan boʻlsa

preview

“Firma 2023 yil 24 fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida soliq solishning umumbelgilangan tizimini tanladik. DSIda maqomi – QQS toʻlovchisi. Biroq QQS toʻlovchisi guvohnomasini olish uchun ariza bermadik, sababi direktor zudlik bilan xizmat safariga joʻnab ketdi. Faoliyat yuritilmadi, QQS boʻyicha nol koʻrsatkichli hisobot topshiramiz. Lekin soliq inspeksiyasi hali bizda QQS toʻlovchisi guvohnomasi mavjud emasligi tufayli aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha hisobot topshirishni talab qilmoqda. Bu toʻgʻrimi?”. 

Savolga buxgalter.uz iltimosiga binoan “Balance Calculate” XK direktori, “Profi Training” NTMning buxgalteriya hisobi boʻyicha sertifikatlangan  treneri Venera MALIKOVA javob berdi:

 

– Yoʻq, notoʻgʻri.

Yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan e’tiboran aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash tartibini tanlashga haqli. Buni tadbirkorlik faoliyati sub’yektini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida koʻrsatish lozim .

Korxona roʻyxatdan oʻtkazish chogʻida soliq solishning umumbelgilangan rejimini tanlaganligini hisobga olgan holda, u QQS toʻlovchisi hisoblanadi va har oyda QQS hisob-kitobini , chorak yakuni boʻyicha esa – Foyda soligʻi hisob-kitobini taqdim etishi kerak.

QQS boʻyicha maxsus roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligidan qat’i nazar – Soliq kodeksiga muvofiq ushbu soliqni toʻlash majburiyati yuklatilgan shaxs QQS toʻlovchisi hisoblanadi .

Soliq organlarida maxsus roʻyxatdan oʻtmagan yuridik shaxslar QQSni uni hisobga olish huquqisiz toʻlaydi .

E’tibor bering

Maxsus roʻyxatdan oʻtkazish uchun ariza soliq organiga QQS toʻlash boʻyicha majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran 5 ish kuni mobaynida joʻnatilishi kerak .

Soliq organlari QQSning soliq toʻlovchisi sifatida soliq organlarida hisobga qoʻyishning belgilangan tartibi buzilganda, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq korxona QQS toʻlovchisiga aylangan sanadan haqiqatda hisobga qoʻyilgan sanagacha boʻlgan davrda olgan daromadining 5 foizi miqdorida, lekin 5 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda jarima solishga haqli .

Siz aylanmadan olinadigan soliq hisob-kitobini taqdim etishingiz kerak emas.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text190075_qqs_tulovchisi_uz_vaqtida_mahsus_ruyhatdan_utmagan_bulsa