Reeksport rejimida foyda soligʻining nol darajali stavkasini qoʻllash mumkinmi

preview

“Korxona import boʻyicha va reeksport rejimida butlovchi qismlarni olib kiradi. IM 74 va EK 11 BYuDni rasmiylashtiramiz. SKning 277-moddasi 2-qismiga asosan reeksportda QQS toʻlanmaydi. Biz 30.09.2022 yildagi PF-228-son Farmonga asosan reeksport boʻyicha foyda soligʻining 0% stavkasini qoʻllashimiz mumkinmi? Agar – mumkin boʻlmasa, qaysi NHH biz reeksportni foyda soligʻi boʻyicha toʻliq jami daromadga kiritishimiz va 15% stavka boʻyicha hisoblab chiqarishimiz kerakligini tasdiqlaydi?”.

Savollarga buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA javob berdi:

E’tibor bering
Soliq maslahatchilarining kerakli tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning TG-kanalimizga obuna boʻling!

 

– Reeksport bojxona rejimi – bu shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan :

1) bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan;

2) tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan;

3) BKning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa uni olib kirishda toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi.

Tovarlar Oʻzbekiston hududidan tashqariga reeksport bojxona tartib-taomilida olib chiqilayotganda soliq toʻlanmaydi :

1) QQS toʻlanmaydi;

2) Oʻzbekistonga olib kirish chogʻida toʻlangan QQS – soliq toʻlovchiga bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda qaytariladi.

Tashqi iqtisodiy operatsiyalarning 99 turida Oʻzbekistonning rezidentlari uni Oʻzbekistonga olib kirmagan holda tovarni sotib olishadi va sotishadi. Ya’ni bunday tovar – bojxona rasmiylashtiruvisiz va Oʻzbekiston hududida erkin muomalaga chiqarilmasdan chet eldan chet elga sotiladi.

Tashqi iqtisodiy operatsiyalarning 98 turida ham Oʻzbekistonning rezidentlari tovarni sotib olishadi va sotishadi. Ular tovarni Oʻzbekistonga olib kirishsa-da, biroq erkin muomalaga chiqarishga bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishmaydi, balki bojxona omboriga joylashtirishadi (IM 74) va u yerdan uchinchi tomonga (EK 11) sotishadi.

Shu bois 98 va 99 turidagi operatsiyalar eksport jumlasiga kirmaydi va ularga SKning 337-moddasi 6-bandiga asosan va 30.09.2022 yildagi PF-228-son Farmon doirasida foyda soligʻining nol darajali stavkasi qoʻllanilmaydi.

Shu tariqa, butlovchi qismlarni realizatsiya qilishdan olingan daromad jami daromad tarkibiga kiritiladi va 15% stavka boʻyicha soliq solinadi, ularning tannarxi esa – chegirib tashlanadigan xarajatlar tarkibiga kiritiladi . Foyda soligʻi hisob-kitobining oʻzida jami daromad tovarning qiymati va tashqi savdo operatsiyalari boʻyicha marjani hisobga olgan holda shakllantiriladi. Xarajatlar qismida ushbu tovarni sotib olish narxini koʻrsatasiz.

 

 

QQS: soliq hisobi — maslahatlar QQS QQS (soliq hisobi) — buxgalter.uz ekspertlarining maslahatlari: tushuntirishlar, misollar va koʻp beriladigan savollarga javoblar. /oz/publish/doc/text190861_reeksport_rejimida_foyda_soligining_nol_darajali_stavkasini_qullash_mumkinmi