Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
“Alfa” korxonasi Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtkazilgan ikkita ta’sischiga ega: “Beta” kompaniyasi – 99,9 % (uning ta’sischisi 100% Singapur rezidenti boʻlgan chet el kompaniyasi) va “Sigma” kompaniyasi – 0,1%. Ishtirokchilarning umumiy yigʻilishi bilan ikkala kompaniyaning ulushini “Beta” kompaniyasi ta’sischisiga, ya’ni Singapur rezidentiga sotish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
“Alfa” korxonasi soʻnggi hisobot sanasiga quyidagi ma’lumotlarga ega: ustav kapitali 10 mlrd soʻm, sof aktivlar qiymati – 30 mlrd soʻm, bozor qiymati – 35 mlrd soʻm. Baholash mustaqil kompaniya tomonidan amalga oshirilgan.
Kompaniyalar oʻrtasidagi ulush savdosi nominal qiymati boʻyicha amalga oshiriladi, ya’ni Singapur kompaniyasi ta’sischilarga jami 10 mlrd soʻm miqdoridagi summani toʻlaydi.
“Beta” kompaniyasi va Singapur kompaniyasi oʻzaro aloqador tomonlar ekanligini hisobga olgan holda, “Alfa” korxonasida korxona ulushining oldi-sotdi bitimini amalga oshirishda barcha ishtirokchilarda qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi:
“Alfa” korxonasida soliq oqibatlari
Korxonaning ustav fondidagi ulushni realizatsiya qilish boʻyicha bitimlarda korxonaning oʻzi ishtirok etmaydi. Shuningdek, unda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi. Korxonada faqat ta’sischi oʻzgaradi.
“Beta” kompaniyasi tomonidan “Alfa” korxonasidagi ulushning norezident boʻlgan Singapur kompaniyasiga realizatsiya qilinishi
“Alfa” korxonasi ustav fondidagi ulushni realizatsiya qilishdan olinadigan moliyaviy natija (investitsiyalarning chiqib ketishi) “Beta” kompaniyasida soliq solish maqsadlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi
. Agar “Beta” kompaniyasining buxgalteriya hisobida “Alfa” korxonasiga investitsiyalar nominal qiymati boʻyicha hisobda tursa, “Alfa” korxonasi ustav fondidagi ulushni xuddi shu qiymatda realizatsiya qilishda “Beta” kompaniyasida daromad yuzaga kelmaydi.
Ammo Soliq kodeksining transfert narxni belgilash toʻgʻrisidagi 20-bobi qoidalarini hisobga olish lozim. Bitimning taraflaridan biri tomonidan olinishi mumkin boʻlgan, lekin transfert narxni belgilash natijasida taraf olmagan har qanday daromadlar soliq solish maqsadida bitimning shu tarafida hisobga olinadi
. Bitimlarning nazorat qilinishi shartlari SKning 180-moddasida belgilangan.
Agar ulushni sotish boʻyicha bitim nazorat qilinadigan bitim boʻlsa, transfert narxini belgilash shartlarini inobatga olish lozim. “Beta” kompaniyasi quyidagilarga haqli:
- bitimning haqiqiy narxi oʻrniga mustaqil ravishda soliq solish maqsadlarida uning bozor qiymatini qoʻllash

yoki
“Alfa” korxonasining bozor qiymati baholovchi tashkilotning ma’lumotlariga koʻra uning ustav fondining nominal qiymatidan oshishi bois, “Beta” kompaniyasi tomonidan oʻz ulushining mustaqil shaxsga bozor qiymati boʻyicha sotilishida u ulushning bozor va nominal qiymati oʻrtasidagi farq miqdorida daromad olgan boʻlardi.
Binobarin, “Beta” kompaniyasida 24,975 mlrd soʻm ((35 – 10) x 99,9 %) summada daromad yuzaga kelib, u foyda soligʻi hisob-kitobida hisobga olinadi.
Yuridik shaxslarning ustav fondidagi ulushlarni realizatsiya qilish QQS solishdan ozod qilinadi
.
Ulush xaridori – Singapur kompaniyasida Oʻzbekistonda “Beta” kompaniyasidan “Alfa” korxonasining ustav fondidagi ulushni nominal qiymati boʻyicha sotib olishda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
“Sigma” kompaniyasi tomonidan “Alfa” korxonasining ustav fondidagi ulushni norezident boʻlgan Singapur kompaniyasiga realizatsiya qilinishi
“Alfa” korxonasi ustav fondidagi ulushni realizatsiya qilishdan olinadigan moliyaviy natija (investitsiyalarning chiqib ketishi) “Sigma” kompaniyasida soliq solish maqsadlarida buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq aniqlanadi
. Agar “Sigma” kompaniyasining buxgalteriya hisobida “Alfa” korxonasiga investitsiyalar nominal qiymati boʻyicha hisobda tursa, “Alfa” korxonasi ustav fondidagi ulushni xuddi shu qiymatda realizatsiya qilishda “Sigma” kompaniyasida daromad yuzaga kelmaydi, demak, foyda soligʻi (aylanmadan olinadigan soliq) boʻyicha soliq oqibatlari ham yuzaga kelmaydi.
Ulush xaridori – Singapur kompaniyasida Oʻzbekistonda “Sigma” kompaniyasidan “Alfa” korxonasining ustav fondidagi ulushni nominal qiymati boʻyicha sotib olishda soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
![]()