Mol-mulk soligʻini avvalgi mulkdorning baholash qiymati boʻyicha hisoblash mumkinmi

preview

«Korxona koʻchmas mulk ob’yektini sotdi, u boʻyicha mol-mulk soligʻi 2022 yilda hisoblangan qiymatdan kelib chiqib toʻlangan. Ob’yekt xaridorida mol-mulk soligʻi hisob-kitobini shakllantirishda ushbu qiymat avtomatik ravishda aks ettiriladi. Xaridor baholash uchun unga hujjatlarni berishni soʻramoqda.

Korxonamiz tomonidan oʻtkazilgan koʻchmas mulk ob’yektini baholash boshqa kompaniyada mol-mulk soligʻini hisoblash uchun asos boʻlishi mumkinmi?» 

Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra «Norma» eksperti Oleg Soy izohladi:

 

Ekspertlarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun telegram-kanalimizga a’zo boʻling.

 

– Davlat roʻyxatidan oʻtkaziladigan bino va inshootlar boʻyicha mol-mulk soligʻi oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda soliq bazasi eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas .

Agar oʻrtacha yillik qoldiq qiymati eng kam qiymatdan past boʻlsa, korxona koʻchmas mulk ob’yektini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Oʻtgan ikki yilda oʻtkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

Cizning korxonangiz tomonidan amalga oshirilgan koʻchmas mulkni baholash ob’yektning joriy bozor qiymatini aks ettirsa (misol uchun, baholovchi tashkilotning hisoboti bilan tasdiqlangan boʻlsa), yangi mulkdor mol-mulk soligʻini hisoblashda undan foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu baholash natijalari soliq organiga taqdim etiladi va xaridorda mol-mulk soligʻi hisobotini shakllantirishda aks etttiriladi. Agar bu oldi-sotdi shartnomasida yoki tomonlarning kelishuvida nazarda tutilgan boʻlsa, siz xaridorga koʻchmas mulkni baholash toʻgʻrisidagi hujjatlarning tasdiqlangan nusxalarini berishingiz mumkin.

Koʻchmas mulkning yangi mulkdori sizning korxonangiz tomonidan oʻtkazilgan baholash natijalaridan foydalanmaslikka qaror qilsa, u mulkning eng kam qiymatidan kelib chiqqan holda soliq toʻlashi yoki mustaqil baholashni oʻtkazishi mumkin.

 

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text193366_mol-mulk_soligini_avvalgi_mulkdorning_baholash_qiymati_buyicha_hisoblash_mumkinmi