9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Umumiy ovqatlanish korxonasi R-keeper dasturini qoʻllaydi. Barcha buyurtmalar, shu jumladan mijozlar koʻpligi tufayli onlayn-NKM chekini berishga ulgurilmagan buyurtmalar u orqali oʻtadi. Shu asosda soliqchilar tekshiruv natijalari boʻyicha SKning 227-1-moddasiga asosan 600 mln soʻm miqdorida jarima hisoblashdi.
Soliqchilarning qarori qonuniymi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA javob berdi:
– Agar mijozlar bilan hisob-kitoblarda soliq organlari tizimiga integratsiya qilingan nazorat-kassa texnikasida urilmagan cheklar berilgan hollar aniqlangan boʻlsa, soliqchilarning harakatlari qonuniydir. Bunday holat fiskal belgilarni aks ettirish boʻyicha qonunchilikda belgilangan talablarni buzish deb e’tirof etiladi. SKning 227-1-moddasiga muvofiq bunday huquqbuzarliklar realizatsiya amalga oshirilgan oxirgi hisobot choragida olingan sof tushum miqdorida jarima bilan jazolanadi.
Fiskal belgili chek faqat qonun hujjatlarida talab qilinganidek oʻrnatilgan va ishlaydigan onlayn-NKM, virtual kassalar, marketpleyslar tomonidan berilishi mumkin.
R-keeper va onlayn-NKT bilan bogʻlanmagan har qanday boshqa dastur fiskal belgili kassa chekini berishi mumkin emas. Ya’ni, mazkur holda hisobga olish dasturi orqali oʻtgan summalar soliq organlarining axborot tizimlariga koʻrinmaydi va QQS (yoki aylanmadan olinadigan soliq) boʻyicha soliq hisobotini tuzishda hisobga olinmasligi ehtimoli boʻladi. Demak, ulardan soliq toʻlanmaydi.
Bunda hisobga olish dasturi – xaridor bilan hisob-kitob qilish holati boʻyicha onlayn-NKMning toʻlaqonli cheki shakllantiriladigan tarzda onlayn-NKT bilan birga ishlashi mumkin. Bu holda onlayn-NKMni qoʻllashda huquqbuzarliklar boʻlmaydi.
Shuni aytish lozimki, hozir hisobga olish dasturlari va nazorat-kassa texnikasini ishlab chiquvchilar foydalanuvchilarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida onlayn-NKT hisobga olish dasturi bilan birga ishlashi uchun talay yechimlarni taklif qilishmoqda. Foydalanayotgan dasturingizni siz foydalanayotgan onlayn-NKT bilan integratsiya qilish mumkin yoki mumkin emasligini ushbu texnika ishlab chiqaruvchilari va servis-markazlarida aniqlashtirib olasiz.
Bundan tashqari, shuni yodda tutish lozimki, agar xizmatlar yoki chakana savdo sohasi sub’yektlari xaridorlarga NKT chekini berishmasa, bu holda SKning 221-moddasiga binoan 5 mln soʻm miqdorida moliyaviy sanksiya qoʻllanishi nazarda tutilgan.
Kassa qurilmalarini qoʻllash va qonun hujjatlari talablariga rioya qilishning amaliy oʻziga xos jihatlari Buxgalter Pro tavsiyalarida yoritib berilgan:
![]()