Koʻchmas mulkni qachon takroran baholash kerak

preview

“Korхona 2022 yil iyun oyida koʻchmas mulk ob’yektini mustaqil baholashni amalga oshirdi. 2022 va 2023 yillarda mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq bazasini mustaqil baholash natijalari asosida aniqladik. 

Korхona 2024 yilda ham 2022 yildagi koʻchmas mulkni mustaqil baholash natijalaridan foydalanishi mumkinmi yoki takroran baholashni amalga oshirish kerakmi?”

Buxgalter.uz iltimosiga binoan savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob beradi:

 

Mutaхassislarning tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Davlat roʻyхatidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan bino va inshootlar boʻyicha mol-mulk soligʻi oʻrtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda soliq bazasi eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas .

Agar oʻrtacha yillik qoldiq qiymat eng kam qiymatdan past boʻlsa, korхona koʻchmas mulk ob’yektini mustaqil baholashni amalga oshirishga haqli. Oldingi ikki yilda amalga oshirilgan baholash natijalari soliq bazasi sifatida e’tirof etiladi.

SKning amaldagi tahririga asosan 2022 yilda amalga oshirilgan mustaqil baholash natijalaridan siz 2022 yil uchun mol-mulk soligʻini hisob-kitob qilishda, shuningdek 2023 va 2024 yillar (mol-mulk soligʻi boʻyicha soliq davri – kalendar yil) uchun foydalanishga haqlisiz.

Ammo shuni koʻzda tutish lozimki, agar soliq organlari siz asossiz soliq nafi olgansiz deb shubha qilishsa, soliq toʻlovchining ayrim operatsiyalarini yoki operatsiyalar ketma-ketligini e’tiborga olmaslikka haqli .

Bundan tashqari, 2024 yil uchun soliq bazasini aniqlash uchun tegishli Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishini kutish lozim.

 

 

 

Mol-mulk soligʻi Oʻzbekistonda: hisoblash, toʻlash mol mulk soligʻi, soliq hisob kitobi, mulk soliqlari, soliq imtiyozlari, soliq toʻlovlari Mol-mulk soligʻi: kimlar toʻlaydi, qanday hisoblanadi, qaysi mulklar soliqqa tortiladi va imtiyozlar qanday qoʻllaniladi. Soliq hisoboti, toʻlov muddatlari va kamchiliklar boʻyicha barcha javoblar Buxgalter.uz saytida! /oz/publish/doc/text194388_kuchmas_mulkni_qachon_takroran_baholash_kerak