9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Korxonaning faoliyat turlaridan biri – elektrotexnika asboblarini ishlab chiqarish. Asboblar import qilingan butlovchi qismlardan yigʻiladi. Butlovchi qismlar yil mobaynida turkumlar bilan 2–3 marta kelib tushadi. Butlovchi qismlar mavjud emasligi tufayli ishlab chiqarish boʻlinmasi bekor turib qolish holatida, u bir oydan bir necha oygacha davom etishi mumkin.
Mutaxassislarni saqlab qolish uchun ularga ish haqini toʻlash davom etmoqda. Shuningdek, korxona har oyda ishlab chiqarish binosini ijaraga olish, asosiy vositalar amortizatsiyasi boʻyicha xarajatlar, kommunal xarajatlar va hokazoni amalga oshiradi.
Ular xarajatlarning qaysi turiga olib borilishi kerak? Bekor turib qolish davrida yuqorida koʻrsatilgan xarajatlar foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadimi?”
Buxgalter.uz iltimosiga binoan savollarga “Norma” ekspertlari Tatyana BELOUSOVA va Tatyana LIMAREVA javob berishdi:
Nimani bekor turib qilish deb hisoblaymiz
– Ishni vaqtincha toʻxtatib turish bekor turib qolishdir
.
Bekor turib qolishning sabablari turlicha boʻlishi mumkin:
- texnologik (uskunani modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish texnologiyasini joriy etish);
- tashkiliy (korxona yoki uning tarkibiy tuzilmasini qayta tashkil etish);
- ishlab chiqarish (avariya, texnika, uskuna, binoni ta’mirlash);
- iqtisodiy (energiya resurslari va xom ashyoga kirishning cheklanganligi, ishlar hajmlarining mavjud emasligi, moliyaviy inqiroz, kontragentlar tomonidan shartnoma majburiyatlarining buzilishi);
- tabiiy xususiyatga ega (ob-havo sharoitlari).
Bekor turib qolish bir nafar hamda xodimlar guruhiga (smenaga, tarkibiy tuzilmaga) yoki toʻliq butun kompaniyaga daxl qilishi mumkin.
U qisqa muddatli (smena mobaynida) yoki uzoq muddatli boʻlishi mumkin, biroq doimiy boʻlmaydi. Bekor turib qolishni nomuayyan muddatga e’lon qilish mumkin emas.
Bekor turib qolishning vaqti ikkita toifaga boʻlinadi: rejali va rejalashtirilmagan. Bekor turib qolishning rejalashtirilgan vaqti shu bilan e’tiborga molikki, u oldindan ogohlantirishni koʻzda tutadi va tayyorgarlik koʻrish uchun imkon beradi.
Bekor turib qolish qanday rasmiylashtiriladi
Bekor turib qolishda “Bekor turib qolish toʻgʻrisida dalolatnoma (varaqa)” yoki “Bekor turib qolish toʻgʻrisida buyruq” rasmiylashtiriladi. Ularda quyidagilar koʻrsatiladi:
- sabablari,
- davomiyligi (boshlanish va tugash sanasi va vaqti, agar oxirgilari ma’lum boʻlsa),
- toʻlov tartibi,
- bekor turib qolish joriy etiladigan xodimlar roʻyxati.
Buyruqni bekor turib qolish joriy etilgan xodimlarga va buyruqning bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan boshqa shaxslarga imzo qoʻydirib e’lon qiling.
Ish vaqtini hisobga olish tabelida xodimlar bekor turib qolgan vaqtni qayd eting.
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turib qolishning oʻziga xos xususiyatlari
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turib qolish, odatda, qisqa muddatli boʻladi va ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatishni talab qilmaydi. Korxona (sex, boʻlim) ichidagi jarayonlar sababli yuzaga keladi va ular bilan shartlangan boʻladi.
Ishlab chiqarishning ichki sabablari jumlasiga texnologik jarayonlar (rejalashtirilgan bekor turib qolish), uskunaning kichik buzilishi va boshqa ishlab chiqarish sabablari (rejalashtirilmagan bekor turib qolish) bilan bogʻliq bekor turib qolish kiradi.
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turishlar tufayli yoʻqotishlar mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga kiradi
.
|
Xoʻjalik operatsiyalarining mazmuni |
Schyotlar korrespondensiyasi |
|
|
debet |
kredit |
|
|
Ishlab chiqarishning ichki sabablariga koʻra bekor turib qolish davrida xarajatlar |
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» |
0200 «Asosiy vositalarning eskirishi» 6710 «Mehnat haqi boʻyicha xodim bilan hisoblashishlar» va hokazo |
|
Bekor turib qolish tufayli yoʻqotishlar mahsulot tannarxiga hisobdan chiqarildi |
2010 «Asosiy ishlab chiqarish» |
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» |
|
Umumishlab chiqarish xarajatlari ulushi bekor turib qolishda aybdor boʻlgan shaxslarga olib borildi |
4730 «Moddiy zararni qoplash boʻyicha xodimlarning qarzi» |
2510 «Umumishlab chiqarish xarajatlari» |
Tashqi sabablarga koʻra bekor turib qolishning oʻziga xos xususiyatlari
Bunday bekor turib qolish uzoq davom etishi mumkin va odatda, u rejalashtirilmagan boʻladi. Tashqi omillar tufayli yuzaga keladi va ularga bogʻliq boʻladi, odatda xom ashyoning mavjud emasligi, yoqilgʻi, elektr energiyasi, suv berilmaganligi, uskunaning yirik avariyasi (buzilishi) va boshqalar bilan bogʻliq boʻladi. Ishlab chiqarish uchun buyurtmalarning mavjud emasligini ham bekor turib qolishning tashqi sababi deb hisoblash mumkin. U ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatib turishni talab qiladi.
Ishlab chiqarish jarayonini toʻxtatib turish davrida bekor turib qolish tufayli yoʻqotishlar 9430-“Boshqa operatsion xarajatlar” schyotiga hisobdan chiqariladi, shu jumladan:
- qonun hujjatlariga yoki xoʻjalik yurituvchi sub’yektning oʻzining qaroriga muvofiq majburiy progul vaqti yoki past haq toʻlanadigan ishni bajarganlik uchun haq toʻlash
; - ishlab chiqarish quvvatlari va ob’yektlarni saqlash hamda ularga xizmat koʻrsatish xarajatlari
; - bekor turib qolish bilan bogʻliq boshqa xarajatlar
.
Bekor turib qolish davridagi xarajatlar foyda soligʻini hisob-kitob qilishda chegirib tashlanadimi
Bekor turib qolish tufayli yoʻqotishlarni, agar ular iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirib tashlanadigan xarajatlarga olib borish mumkin.
Har qanday xarajatlar, basharti ular hech boʻlmaganda quyidagi shartlardan biriga muvofiq kelgan taqdirda, iqtisodiy jihatdan oʻzini oqlagan xarajatlar deb e’tirof etiladi
:
- daromad olishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadida qilingan boʻlsa;
- shunday tadbirkorlik faoliyatini saqlab turish yoki rivojlantirish uchun zarur boʻlsa yoxud xizmat qilsa va xarajatlarning tadbirkorlik faoliyati bilan aloqasi aniq asoslangan boʻlsa;
- qonunchilikning qoidalaridan kelib chiqsa.
Bekor turib qolish sabablarini hujjatlar bilan tasdiqlash uchun ularni qayd etish tavsiya qilinadi. Masalan, chet ellik yetkazib beruvchi bilan iqtisodiy sanksiyalar munosabati bilan muddatida yetkazib berishning imkonsizligi haqida yozishmalar, ob-havo sharoitlari tufayli xom ashyoni yetkazib berishda kechikishlarda transport tashkiloti bilan yozishmalar, yetkazib beruvchilarning elektr resurslarini berishni toʻxtatib turishlari haqida rasmiy e’lonlari.
Ammo nazorat qiluvchi organlar tekshiruv chogʻida bekor turib qolish vaqtidagi yoʻqotishlarning bir qismini, agar korxonaga qonun hujjatlarida bunday xarajatlarni amalga oshirish majburiyati yuklatilmagan boʻlsa, Soliq kodeksining 317-moddasi 18-bandiga asosan chegirib tashlanmaydigan xarajatlarga olib borishlari xavfi mavjud.
Bekor turib qolish davridagi yoʻqotishlarni qanday maqbullashtirish mumkin
Bekor turib qolish davrida yoʻqotishlarning ikkita katta moddasi boʻladi:
- ishlab chiqarish uskunasi amortizatsiyasi xarajatlari;
Amortizatsiya hisoblash hisobot davridagi korxona faoliyati natijalaridan qat’i nazar har oyda amalga oshiriladi va u daxldor boʻlgan hisobot davridagi buxgalteriya hisobida aks ettiriladi
.
Lekin istisno mavjud: ishlab chiqarish usuli qoʻllanganda amortizatsiya bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblanadi
. Bekor turib qolishda ishlab chiqarish uskunasining amortizatsiya xarajatlari nolga teng boʻladi;
- xodimlar mehnatiga xaq toʻlash va ijtimoiy soliq.
Xodimlarga ularning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun hisoblangan ish haqi ishlanmagan vaqt uchun haq toʻlash jumlasiga kiradi
. Unga JShDS, ijtimoiy soliq solinadi
.
Xodimning aybisiz bekor turib qolingan vaqt uchun quyidagi tartibda haq toʻlanadi
:
- ish beruvchining aybi bilan bekor turib qolingan vaqt uchun xodimning oʻrtacha ish haqi miqdorida haq toʻlanadi;
- ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida 2/3 qismi miqdorida haq toʻlanadi.
Bekor turib qolish davrida xodimlar boshqa ishlarni bajarish uchun yuborilishi mumkin.
Ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni boshqa ishga oʻtkazishning oxirgi muddatlari, mehnatga haq toʻlashning aniq miqdorlari, shuningdek ishlab chiqarish zaruriyatining alohida hollari jamoa shartnomasida belgilanadi, agar u tuzilmagan boʻlsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra aniqlanadi.
Bunda Mehnat kodeksi normalariga asosan ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolish munosabati bilan xodimni boshqa ishga oʻtkazish:
- 1 kalendar yil davomida jami 60 kalendar kundan oshishi mumkin emas;
- xodimning mehnatiga haq toʻlash bajarayotgan ishiga qarab, biroq avvalgi oʻrtacha oylik ish haqidan kam boʻlmagan miqdorda amalga oshiriladi.
![]()