Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«Mehnat ta’tili 2 dekabrdan boshlanadi. Agar 1 dekabrdan boshlab хodimning lavozim maoshi oshgan boʻlsa, dekabr oyi uchun ta’til toʻlovlarini qanday hisob-kitob qilish kerak edi? Ta’til toʻlovlarini hisob-kitob qilish uchun qaysi lavozim maoshidan foydalanish kerak – 1 noyabrdagisidanmi yoki 1 dekabrdagisidan?»
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida buxgalter.uz Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining Mehnatga haq toʻlash va mehnat standartlari boshqarmasi bosh mutaхassisi Otabek BOBAMURATOVga murojaat qildi:
– Mehnatga haq toʻlashning vaqtbay tizimidagi хodimlarning oʻrtacha ish haqi (ta’til toʻlovlari ham) ta’tildan oldingi oy uchun tarif stavkasi (lavozim maoshi) miqdoridan kelib chiqib belgilanadi. Shuningdek, ta’tildan oldingi oʻn ikki kalendar oy uchun qoʻshimcha ish haqi summasining oʻn ikkidan bir qismi qoʻshiladi
.
Shu bilan birga tariflarni qayta koʻrib chiqish chogʻida oʻrtacha oylik ish haqi miqdori oʻzgartirilgan tarifni hisobga olgan holda qayta hisob-kitob qilinishi lozim
.
Tegishincha, 2023 yil dekabr oyi uchun ta’til toʻlovlari 2023 yil 1 dekabrdan belgilangan oshirilgan ish haqidan kelib chiqib hisob-kitob qilinishi kerak.
Bunda, agar hisob-kitob davrining bir yoki bir necha oyi toʻliq ishlab berilmagan boʻlsa yoki undan vaqt chiqarib tashlangan boʻlsa, oʻrtacha kunlik ish haqi quyidagicha aniqlanadi
:
Oʻrtacha kunlik ish haqi = Hisob-kitob davri uchun haqiqatda hisoblangan ish haqi: (25,3 х toʻliq kalendar oylar soni + toʻliq boʻlmagan kalendar oylardagi ish kunlari soni).
Toʻliq boʻlmagan kalendar oyidagi ish kunlari soni = 25,3: Ish kunlarining haqiqiy soni х ushbu oyda ishlab berilgan ish kunlari soni.
![]()