9 oyni xatolarsiz yopamiz:
Onlayn-NKM yoki virtual kassa cheklari qonunchilik talablariga mosligi qanday tekshiriladi
Soliq organlarining tadbirkorlarga MXIK va onlayn-NKT cheklarida aks ettiriladigan oʻlchov birliklarini tartibga solish soʻralgan yaqin kunlardagi xatidan soʻng TXKMga murojaat qiluvchilar soni ortdi. TXKM xodimlaridan onlayn-KKT cheklari umuman qonunchilik talablariga qanchalik mos kelishini tekshirish soʻralmoqda.
Cheklarning qonuniy talablarga muvofiqligini oʻzingiz nazorat qilishni oʻrganishingiz mumkin. Buxgalter.uz bunda yordam beradigan onlayn-NKTga texnik xizmat koʻrsatish sohasida ekspert, «RIG» MChJ direktori Rustam Yoqubovning maslahatlarini yozib oldi.
– Onlayn-NKT cheklaridagi ma’lumotlarga qoʻyiladigan talablar aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 7-bandi bilan belgilangan. Agar chek hatto bitta majburiy talabga javob bermasa, onlayn-NKM va virtual kassadan foydalanish taqiqlanadi
.
1-maslahat: chekni chop eting va uni SoliqUz yordamida tekshiring.
Sizning cheklaringiz belgilangan talablarga qanchalik mos kelishini tushunish uchun mutaxassis boʻlish shart emas. Kassangizdan chekni olish (elektron chekni ochish mumkin) hamda unda qonun bilan belgilangan barcha rekvizitlar toʻgʻri aks ettirilganmi-yoʻqmi, tekshirish kifoya. Xatolar koʻpincha cheklarda realizatsiya qilingan tovarlar nomenklaturasi aks ettirilganda uchraydi.
Nazorat uchun chekdagi QR-kodni skanerdan oʻtkazing:
- Bu skaner yordamida QR-kodlarni oʻqish uchun yordam beradi. Natijada havola paydo boʻlishi kerak, undan oʻtishingiz bilan ekranda chekingizning elektron versiyasi ochilishi kerak;
- SoliqUz mobil ilovasi yordamida (bir vaqtning oʻzida keshbek hisoblanishi uchun chekni roʻyxatdan oʻtkazing). Agar hammasi muvaffaqiyatli oʻtgan boʻlsa, siz shuningdek SoliqUz mobil ilovasida chekning elektron versiyasiga kirish imkoniga ega boʻlasiz. Ba’zi xatolarning koʻrsatkichi keshbekni hisoblash uchun roʻyxatdan oʻtishni rad etish yoki aniq xatolarni koʻrsatish boʻlishi mumkin (asosan MXIKdan notoʻgʻri foydalanish bilan bogʻliq).
2-maslahat: my3.soliq.uz saytidagi «Onlayn-NKM va virtual kassa haqida ma’lumot» interaktiv xizmatida aks ettiriladigan ma’lumotlarni muntazam tekshiring.
«MXIK va oʻlchov birliklaridagi xatolar» ilovasiga alohida e’tibor qarating – unda ushbu rekvizitlarda xatolar boʻlgan cheklar aks ettiriladi.
Cheklar va tushumlar boʻyicha hisobotlar aks ettiriladigan ma’lumotlarning toʻgʻriligiga oid savol tugʻdirmasligi kerak.
Bunday tekshiruvni haftada kamida bir marta oʻtkazib turishni tavsiya qilaman, chunki xatolarni tuzatish murakkab ish. Oʻnlab, ba’zan esa yuzlab cheklarga tuzatish kiritish kerak boʻlganda ayniqsa qiyin boʻladi. Axir aksariyat hollarda xatolarni tuzatish uchun har bir chek bilan alohida ishlash kerak.
Allaqachon urilgan cheklardagi xatolarni tuzatish – ishning yarmi. Keyingi cheklarda xatolarga yoʻl qoʻymaslik uchun onlayn-NKT sozlamalarida va unga kiritilgan mahsulot nomenklaturasida noaniqliklarni bartaraf etish kerak.
Oʻzingizning TXKMga murojaat qilib, kassangizni sozlash boʻyicha amaliy yordam va maslahat olishingiz mumkin. Kassangizning konstruktorlik xususiyatlari tufayli universal tavsiyalar berish qiyin.
3-maslahat: kassalaringizning dasturiy ta’minotini tekshiring.
Keyingi vaqtlarda Soliq qoʻmitasi MXIK va oʻlchov birliklaridagi xatolarga alohida e’tibor qarata boshladi, chunki turli sabablarga koʻra ular juda koʻpaydi. Agar siz soʻnggi avlod dasturiy ta’minotidan foydalanayotgan boʻlsangiz, unda bunday xatolar ehtimoli kam.
Savdo kassangiz dasturiy ta’minoti vaqt talablariga qanchalik javob berishini tushunish uchun mahsulotlarni Excel faylidan onlayn- NKT xotirasiga yuklashga harakat qiling. Avval notoʻgʻri MXIKni, keyin esa MXIK uchun notoʻgʻri oʻlchov birligini koʻrsating. Agar hiyla ish bersa va kassa chekni ursa, demak, u belgilangan talablarga javob bermaydi. Darhol TXKMga murojat qiling, aks holda xato urilgan cheklar soni juda koʻp boʻladi.
TXKM xodimi kassangizni sizda cheklar bilan muammo boʻlmaydigan qilib sozlashi kerak. Agar murojaat samara bermasa, u holda kassani yanada zamonaviyroq versiya va modellarga oʻzgartirish haqida oʻylash kerak.
❖
Shuningdek oʻqing, qaysi MXIK va oʻlchov birliklarini xato deb hisoblash kerak.
Oleg GAYeVOY tayyorladi
![]()