9 oyni xatolarsiz yopamiz:
“Biz import qiluvchilar jumlasiga kiramiz. Hafta davomida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti pochtasiga kirish zaruriyati boʻlmaydigan holat boʻldi. 2 aprelda pochtaga kirdik – u yerda esa 27 mart sanasi bilan tashqi savdo kontraktlari boʻyicha aktivlarni repatriatsiya qilish toʻgʻrisida talabnoma bor ekan. SKning 138-moddasi boʻyicha javob berish uchun bizda atigi 5 kun bor edi. Javob berish muddatini oʻtkazib yuborgach, qoʻshimcha muammolar orttirdik, boz ustiga biz soliq organlarining xulosalariga rozi emasmiz”.
Soliqchilardan muhim hujjatlarni oʻtkazib yubormaslik uchun nima qilish kerakligi haqida buxgalter.uz oʻquvchilari uchun maxsus soliq maslahatchisi, “Tax Consensus” SMT direktori Irodaxon ABBOSXONOVA gapirib berdi:
– Import qiluvchilarning bu boradagi tashvishlarini tushunaman. Ushbu vaziyatda Talabnomaning soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan sanasi toʻgʻrisidagi haqqoniy ma’lumotlarga ega boʻlish muhimdir. Agar soliq toʻlovchilar Talabnoma haqiqatda yuborilgan sanani isbotlay olishmasa, bu tushunmovchiliklar va muammolar tugʻdirishi mumkin.
Nimani amalga oshirishga urinib koʻrish mumkin? Soliq organiga Talabnoma shaxsiy kabinetga haqiqatda yuborilgan sana yuzasidan dalillarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov bilan murojaat qilish. Bu tegishli hujjatlar yoki hisobga olish jurnallari bilan tasdiqlanishi mumkin.
Soliq organining javobida haqqoniy ma’lumotlarni oʻrnatish imkonsiz boʻlsa yoki import qiluvchi javobdan qanoatlanmagan boʻlsa, oʻz manfaatlaringizni himoya qilish uchun sudga murojaat qilishingiz mumkin.
Ammo bu murakkab, uzoq choʻziladigan jarayon va haqqoniy ma’lumotlarni tezkor tarzda olish oson boʻlmaydi.
Soliqchilarga oʻz vaqtida javob berilmaydigan vaziyatga qanday yoʻl qoʻymaslik kerak
Shu bilan birga, bunday vaziyatlarning oldini olgan ma’qul, deb hisoblayman.
Ayrim soliq toʻlovchilar shaxsiy kabinetda aktivatsiyasiz ishlashadi. Nafaqat import qiluvchilar, balki barcha soliq toʻlovchilarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga shaxsiy kabinetni aktivatsiya qilishlarini tavsiya qilaman. My3.soliq.uzda doim bu haqda push-xabarnoma chiqadi.
Kabinet mobil telefon raqamini majburiy koʻrsatgan holda tegishli arizani qabul qilish orqali aktivatsiya qilinadi. Bu holda Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning
13-bandiga muvofiq shaxsiy kabinetga yangi hujjat kelib tushganda soliq toʻlovchining arizasida koʻrsatilgan mobil telefoni raqamiga avtomatik tarzda SMS xabarnoma yuboriladi.
SMS xabarnomalarni aktivatsiya qilish jarayonning shaffofligini oshiradi va siz va soliq organi oʻrtasidagi hamkorlikni osonlashtiradi. Va import qiluvchiga Talabnoma oʻz vaqtida yoki vaqtini oʻtkazib yuborilganligi faktini tasdiqlovchi dalil boʻlib xizmat qiladi.
Soliq organi tomonidan SMS xabarnomalar yuborish boʻyicha Soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 13-bandi talablariga rioya qilinishi ishonch darajasini oshiradi va soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinet orqali hamkorlik qilish tizimiga katta ishonchini ta’minlaydi.
- Avtokameral nazorat natijalari boʻyicha xat olgan boʻlsangiz, siz nima qilishingiz kerak;
- Valyuta kurslari orasidagi farqning rad etilishi borasida soliq organlariga qanday javob berish lozim;
- Import qilingan tovar ND-40 rejimiga joylashtirilgan, soʻngra IM-40 rejimiga rasmiylashtirilgan boʻlsa, hisobga olinadigan QQSni qanday yoʻqotmaslik mumkin
![]()