Ta’til puli olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisoblanadi

preview

“Amaldagi Mehnat kodeksiga muvofiq ta’tilning davomiyligi kalendar kunlar asosida aniqlanishi lozim. Xodim davomiyligi 25 kalendar kundan iborat ta’til oldi. Korхonada 5 kunlik ish haftasi belgilangan.

Ushbu vaziyatda ta’til puli ta’til davriga toʻgʻri keladigan ish kunlari uchun toʻlanadimi yoki barcha 25 kalendar kuni uchun toʻlanishi lozimmi?”

Buxgalter Pro foydalanuvchisidan kelib tushgan savolga “Norma” eksperti Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob beradi:

 

Materiallarimizni oʻtkazib yubormang – telegram-kanalga obuna boʻling.

 

– Ta’til kalendar kunlarda berilishiga qaramay, ta’til puli 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Xodimlarning har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat ta’tillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi. Har yilgi mehnat ta’tili davriga toʻgʻri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat ta’tillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi . Har yilgi mehnat ta’tilida boʻlgan vaqti uchun хodimga MKning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan oʻrtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi .

Oʻrtacha kunlik ish haqini aniqlash uchun 25,3 koeffitsiyenti qoʻllaniladi. Bu oʻrtacha ish haqi 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishini koʻrsatadi. Shu bois, ta’til kalendar kunlarda berilishiga qaramay, ta’til puli 6 kunlik ish haftasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.

Buxgalter.uz tavsiya qiladi:

 

 

 

Oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi Oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi Oʻrtacha oylik ish haqi hisob-kitobi /oz/publish/doc/text198508_tatil_puli_olti_kunlik_ish_haftasidan_kelib_chiqib_hisoblanadi