Bloger reklama xizmatlarini koʻrsatsa, qanday soliq oqibatlari yuzaga keladi

preview

«Bloger korxonaga ijtimoiy tarmoqlarda reklama boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi (SMM). Agar u quyidagi tarzda roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, qanday soliqlarni toʻlashi kerak: a) yakka tartibdagi tadbirkor; b) oʻzini oʻzi band qilgan shaxs? Blogerlar uchun qanday imtiyozlar mavjud? Reklama xizmatlarini koʻrsatish uchun unga qanday ruxsat beruvchi hujjatlar talab qilinadi?».

Savolga “Javob beramiz!” xizmati eksperti Dilorom SAIDOVA javob berdi:

 

Muhim tushuntirishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Bloger ijtimoiy tarmoqlarda reklama joylashtirish boʻyicha xizmatlarni koʻrsatgan holda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradi  va davlat roʻyxatidan oʻtishi kerak . U oʻzini oʻzi band qilgan shaxs, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtishi yoki yuridik shaxsni tashkil etishi mumkin.

Agar koʻrsatayotgan faoliyat turi Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatida keltirilgan boʻlsa, jismoniy shaxs oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi mumkin. 

 

Yakka tartibdagi tadbirkorlar va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar qanday soliqlarni toʻlashadi

Tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromad

Yakka tartibdagi tadbirkor

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs

100 mln soʻmgacha

Qat’iy belgilangan stavkada yoki deklaratsiya boʻyicha JShDS

JShDS solinmaydi

100 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha

Ixtiyoriy tartibda aylanmadan olinadigan soliq yoki foyda soligʻi va QQS  

1 mlrd soʻm va undan ortiq

Majburiy tartibda foyda soligʻi va QQS  

Daromadning har qanday darajasida

Oyiga kamida 1 BHM miqdorida ijtimoiy soliq

Ixtiyoriy ravishda yiliga kamida 1 BHM miqdorida ijtimoiy soliq

 

 

Blogerlar uchun qanday imtiyozlar mavjud

Agar bloger eksportga reklama xizmatlari koʻrsatsa, bu holda foyda soligʻi boʻyicha imtiyoz nazarda tutilgan. Umumiy qoidaga koʻra, xizmatlarni realizatsiya qilish joyi ularning xaridori faoliyatni amalga oshiradigan yoki turgan joy boʻyicha aniqlanadi .  Bu haqda tavsiyada batafsil oʻqing:

Tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga nol darajali stavka boʻyicha soliq solinadi . Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar jami daromadni eksportdan olingan daromad summasiga kamaytiradi .

 

Ruxsat beruvchi hujjatlar kerakmi

Reklamani ishlab chiqarish va joylashtirish litsenziyalanadigan faoliyat turi hisoblanmaydi, shu bois ushbu xizmatlarni koʻrsatish uchun litsenziya talab qilinmaydi.

Reklama faoliyati shartnoma asosida amalga oshiriladi. Tomonlar shartnomada reklamaning barcha shartlarini kelishishlari, qonunchilikda taqiqlangan narsalarni reklama qilishdan tiyilishlari kerak.

 

 

 

Aylanmadan olinadigan soliq Aylanmadan olinadigan soliq Aylanmadan olinadigan soliq /oz/publish/doc/text200772_bloger_reklama_hizmatlarini_kursatsa_qanday_soliq_oqibatlari_yuzaga_keladi