Davlat mulkini ijaraga olishda QQSni qanday hisobga olish kerak

preview

"Korxona davlat mulki ob’yektini ijaraga oldi. Agar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat mulkini ijaraga bersa, bu mulkni ijaraga berish vakolatiga ega boʻlgan organ soliq agenti deb tan olinadi (SK 256-m. 1-q.). Soliq bazasini soliq agenti ijara shartnomasida belgilangan ijara toʻlovi miqdorida, soliqni hisobga olgan holda aniqlaydi.

Agar hokimiyat bizning korxonamizga hisob-faktura taqdim etmagan boʻlsa, QQS summasini qanday hisobga olish mumkin?"

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasining Soliq nizolarini sudgacha hal qilish boshqarmasi boshligʻi Gulnora NIZAMUTDINOVA javob berdi:

– Davlat mulkini ijaraga berish boʻyicha vakolatli organ – Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulki ob’yektlaridan samarali foydalanish markazi va uning hududiy boʻlinmalari . U davlat mulkini ijaraga berishda soliq agenti vazifasini bajaradi, QQSni hisoblaydi va toʻlaydi.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi maxsus Nizom bilan belgilangan. Ijara toʻlovini Soliq qoʻmitasi "E-ijara" xizmati orqali undiradi.

Markaz, ijaraga beruvchi sifatida, har oyda ijarachiga hisob-faktura taqdim etadi, unda ijara toʻlovi qiymatida QQS summasini koʻrsatadi.

Ushbu hisob-faktura asosida davlat mulki ijarachisi QQSni hisobga olish uchun barcha shartlarga muvofiq boʻlganda hisobga olishga haqli  .

 

 

QQS QQS QQS /oz/publish/doc/text201610_davlat_mulkini_ijaraga_olishda_qqsni_qanday_hisobga_olish_kerak