9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Korxona oʻz xodimlarini ingliz tili kurslarida oʻqitishni rejalashtirmoqda. Bu korxona faoliyati uchun zarur. Korxona oʻqishning 100% toʻlovini amalga oshiradi, uning 50% qiymatini esa xodimlarning yozma arizasi asosida ularning ish haqidan ushlab qoladi.
Buning qanday soliq oqibatlari bor va qanday buxgalteriya oʻtkazmalari bilan rasmiylashtiriladi?»
Buxgalter.uz oʻquvchilari uchun maxsus "Norma" eksperti Azizaxon TOShXOʻJAYeVA savolni tushuntirdi:
Ekspertning zarur tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Xodimlarning ingliz tili kurslarida oʻqishi korxona faoliyati uchun zarur boʻlgani sababli, korxonaning oʻqish uchun toʻlov xarajatlari ularning daromadi sifatida tan olinmaydi
. Shuning uchun, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi va ijtimoiy soliq boʻyicha soliq oqibatlari yuzaga kelmaydi.
Foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda korxona chegiriluvchi xarajatni tan oladi
.
Oʻqish qiymatining 50%ini ushlab qolishning soliq oqibatlari:
1) agar foyda soligʻini hisoblashda korxona oʻqish qiymatining 100%ini chegiriluvchi xarajat sifatida tan olsa, xodimlarning ish haqidan 50% summani ushlab qolganda korxonada soliq solinadigan daromad yuzaga keladi
;
2) mos ravishda, agar xodimlarning ish haqidan ushlab qolinishi kerak boʻlgan summa foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasini aniqlashda chegirilmasa, uni amalda ushlab qolganda soliq solinadigan daromad yuzaga kelmaydi.
Buxgalteriya oʻtkazmalari:
1-variant:
| Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni | Dt | Kt |
| Xodimlarning oʻqishi uchun oldindan toʻlov amalga oshirildi (100% summa) | 4330 "Berilgan boshqa boʻnaklar" | 5110 "Hisob-kitob schyoti" |
| Oʻqish uchun EHF olindi | 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" | 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar". |
| Ilgari toʻlangan boʻnak hisobga olindi | 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar" | 4330 "Berilgan boshqa boʻnaklar" |
| Oʻqish qiymatining 50%i xodimning ish haqidan ushlab qolindi | 6710 "Mehnatga haq toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar" | 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" |
2-variant:
| Xoʻjalik operatsiyasining mazmuni | Dt | Kt |
| Xodimlarning oʻqishi uchun oldindan toʻlov amalga oshirildi (summaning 100%i) | 4330 "Berilgan boshqa boʻnaklar" | 5110 "Hisob-kitob schyoti" |
| Oʻqish uchun EHF olindi |
9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" (summaning 50%ga) 4790 "Xodimlarning boshqa qarzlari" (summaning 50%ga) |
6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar" |
| Ilgari toʻlangan boʻnak hisobga olindi | 6010 "Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlanadigan schyotlar" | 4330 "Berilgan boshqa boʻnaklar" |
| Oʻqish qiymatining 50%i xodimning ish haqidan ushlab qolindi | 6710 "Mehnatga haq toʻlash boʻyicha xodimlar bilan hisob-kitoblar" | 4790 "Xodimlarning boshqa qarzlari" |
![]()