9 oyni xatolarsiz yopamiz:
«Oʻzbekiston norezidenti boʻlgan xorijiy kompaniya Oʻzbekistonda doimiy muassasa roʻyxatdan oʻtkazdi. Uning buyurtmachisi ishlar (xizmatlar) uchun chet el valyutasida toʻgʻridan-toʻgʻri doimiy muassasaning hisobraqamlariga toʻlaydi. Doimiy muassasa davriy ravishda foydani bosh kompaniya hisobraqamiga oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Buning uchun nima qilish kerak?»
Vuxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga Soliq qoʻmitasi Soliq solish metodologiyasi departamenti Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Rano ALIShAYeVA javob berdi:
Mutaxassislarning kerakli tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Doimiy muassasa yuridik shaxs boʻlmaganligi sababli, u bosh kompaniyaga sof foyda (dividendlar) toʻlay olmaydi.
Shu bilan birga, uning chet el valyutasidagi hisobraqamlaridagi mablagʻlar hisobraqam egasi (xorijiy kompaniya) topshirigʻiga koʻra quyidagilar uchun ishlatilishi mumkin
:
- doimiy muassasa tashkil etgan norezidentning xorijdagi hisobraqamlariga oʻtkazish;
- chet el valyutasidagi operatsiyalar boʻyicha bank komissiyasini toʻlash;
- xodimlarni Oʻzbekistondan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bogʻliq xarajatlarni toʻlash (shu jumladan - naqd shaklda);
- ichki valyuta bozorida sotish;
- joriy xalqaro operatsiyalar
.
Demak, doimiy muassasa soliq majburiyatlarini bajargandan soʻng bosh kompaniyaning topshirigʻiga binoan pul mablagʻlarini uning xorijdagi hisobraqamlariga oʻtkazish huquqiga ega. Buning uchun xizmat koʻrsatuvchi bankka toʻlov topshiriqnomasi va bank qoidalariga muvofiq boshqa hujjatlarni taqdim eting.
Oʻzbekistondagi faoliyati doimiy muassasa tashkil etilishiga olib keladigan xorijiy kompaniya soliq toʻlovchi sifatida soliq organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi
. Bunda soliq solish ob’yektlari mavjud boʻlganda quyidagilar boʻyicha majburiyatlar yuzaga kelishi mumkin:
- QQS;
- foyda soligʻi;
- jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
- ijtimoiy soliq;
- mol-mulk soligʻi;
- yer soligʻi;
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq.
Xorijiy kompaniyaning soliq majburiyatlarini doimiy muassasa bajaradi.
Foyda soligʻi boʻyicha:
- doimiy muassasa faoliyatidan olingan foyda 15% stavka boʻyicha soliqqa tortiladi
; - foyda soligʻini toʻlagandan soʻng doimiy muassasa tasarrufida qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtiriladi va 10% stavka boʻyicha soliqqa tortiladi
. Bunda doimiy muassasa Oʻzbekistonning xalqaro shartnomasiga muvofiq dividendlar koʻrinishidagi daromadlar boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash huquqiga ega
.
![]()