Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
2024 yilning iyul-avgust oylarida buxgalteriya hisobining 12 ta yangi milliy standarti qabul qilindi. «Norma» kompaniyasi. Rus tilidagi nashrlarimiz uchun bu hujjatlarning tarjimalarini tayyorlamoqda va ularni oʻzining axborot-ma’lumot tizimlarida, jumladan nrm.uz saytida joylashtirishni boshlagan.
Oʻtish davrida buxgalter nimalarga e’tibor qaratishi kerakligi haqida buxgalter.uz iltimosiga binoan soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA maslahat berdi:
Mutaxassisning muhim tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Yangilangan 12 ta buxgalteriya hisobi standartlaridan 10 tasi allaqachon kuchga kirdi, ular boʻyicha ishlashni boshlash kerak. Bu - ilgarigi nomini saqlab qolgan, ammo soʻnggi oʻn yillikda qabul qilingan NHHlar va yangi terminologiya bilan bogʻliq oʻzgartirishlar kiritilgan yangilangan standartlardir.
Yangilangan 1-son BHMS "Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati" va 5-son BHMS "Asosiy vositalar" 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.
1-son BHMSga e’tibor qarating, – u birdaniga toʻrtta hali amalda boʻlgan standartning oʻrnini egallaydi, ya’ni:
- 1-son BHMS "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot";
- 3-son BHMS "Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot";
- 15-son BHMS "Buxgalteriya balansi";
- 14-son BHMS "Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot".
1-son BHMS va 5-son BHMSda oʻzgarishlar koʻp, jumladan MHXSni joriy etish bilan bogʻliq. Shuning uchun yil oxirigacha qolgan oylarni ushbu standartlarni diqqat bilan oʻrganishga, yangi qoidalar korxonangizda buxgalteriya hisobini qanday oʻzgartirishini oʻylab koʻrishga bagʻishlashni tavsiya qilaman. Ehtimol, qayerdadir hatto korxonaning buxgalteriyasi va butun moliya xizmatining ishini qayta qurishga toʻgʻri keladi.
Qulaylik uchun yangilangan standartlar haqidagi asosiy ma’lumotlarni jadvalga keltirdim. Umid qilamanki, u sizga hujjatlarda moʻljal olishga yordam beradi.
|
№ |
Standart nomi |
Iqtisodiyot va moliya vazirligining buyrugʻi Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan sana, standart tasdiqlangan buyruq |
Kuchga kirish sanasi |
"Norma" axborot tizimlarida rus tilidagi tarjimani tayyorlash holati |
|
|
|
|
Yangi |
Bekor qilingan |
|
|
|
1 |
12-son BHMS "Moliyaviy investitsiyalar hisobi" |
18.07.2024 y. №3531 |
16.01.1999 y. №596 |
18.07.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
2 |
17-son BHMS "Kapital qurilishiga pudrat shartnomalari" |
23.07.2024 y. №3533 |
23.12.1998 y. №579 |
24.07.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
3 |
10-son BHMS "Davlat yordamini hisobga olish va uning haqidagi ma’lumotlarni ochib berish" |
24.07.2024 y. №3534 |
03.12.1998 y. №562 |
25.07.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
4 |
11-son BHMS "Ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga xarajatlar" |
25.07.2024 y. №3535 |
28.12.1998 y. №581 |
26.07.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
5 |
8-son BHMS "Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va shoʻba xoʻjalik jamiyatlariga investitsiyalarni hisobga olish" |
26.07.2024 y. №3537 |
28.12.1998 y. №580 |
26.07.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
6 |
16-son BHMS "Kutilmagan holatlar va buxgalteriya balansi tuzilgan sanadan keyin sodir boʻladigan xoʻjalik faoliyati voqealari" |
31.07.2024 y. №3539 |
23.12.1998 y. №578 |
03.08.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
7 |
23-son BHMS "Qayta tashkil etish amalga oshirilganda moliyaviy hisobotni shakllantirish" |
02.08.2024 y. №3540 |
27.06.2005 y. №1484 |
05.08.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
8 |
2-son BHMS "Asosiy xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar" |
05.08.2024 y. №3542 |
26.08.1998 y. №483 |
07.08.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
9 |
1-son BHMS "Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati" |
06.08.2024 y. №3544 |
• 14.08.1998 y. №474 (1-son BHMS); • 26.08.1998 y. №484 (3-son BHMS); • 20.03.2003 y. №1226 (15-son BHMS); • 07.04.2004 y. №1335 (14-son BHMS) |
01.01.2025 y. |
Joylashtirilgan |
|
10 |
5-son BHMS "Asosiy vositalar" |
09.08.2024 y. №3546 |
20.01.2004 y. №1299 |
01.01.2025 y. |
Joylashtirilgan |
|
11 |
7-son BHMS "Nomoddiy aktivlar" |
09.08.2024 y. №3547 |
27.06.2005 y. №1485 |
12.08.2024 y. |
Joylashtirilgan |
|
12 |
19-son BHMS "Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish" |
12.08.2024 y. №3548 |
02.11.1999 y. №833 |
12.08.2024 y. |
Joylashtirilgan |
| 13 | 12-son BHMS "Chet el valyutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi" | 19.12.2024 y. №3587 | 21.05.2004 y. №1364 | 01.01.2025 y. | Tayyorlanmoqda |
Yangi qoidalar boʻyicha ishlashni boshlaymiz. Ish jarayonida savollar paydo boʻladi, muammoli jihatlar aniqlanadi - birgalikda tushunib olamiz.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Oleg GAYeVOY tayyorladi