Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Yangi 1-son BHMS «Moliyaviy hisobotni taqdim etish va hisob siyosati» 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Savollar tugʻilmoqda: 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni tuzishda qaysi BHMSga amal qilish kerak – 2024 yilda qabul qilingangami yoki eskisigami? 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni qaysi muddatlarda taqdim etish kerak?
Vaziyatni buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA sharhlab berdi:
Diqqat
Oson va beхato hisobot topshiring! Bunda Buxgalter Pro tavsiyalari yordam beradi.
– 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan 1-sonli BHMS qoidalari boʻyicha topshirish kerak. Ushbu standart yangi Moliyaviy hisobot shakllarini tasdiqlash va moliyaviy hisobotni taqdim etish muddatlari toʻgʻrisidagi nizomga asoslanadi (04.11.2024 y. AV roʻyхat raqami 3567-son).
❖
Yangilangan BHMSlarga oʻtamiz: nimalarga e’tibor berish kerak.
BHMS asosida tuzilgan yillik moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Balans;
- Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot;
- Xususiy kapital toʻgʻrisidagi hisobot;
- Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot;
- Izohlar, hisob-kitoblar va tushuntirishlar.
Mikrofirmalar va kichik korхonalarning yillik moliyaviy hisoboti balans va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotni oʻz ichiga oladi.
MHXSga muvofiq tuziladigan yillik moliyaviy hisobot shakllari quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- Moliyaviy holat toʻgʻrisidagi hisobot;
- Foyda yoki zarar va boshqa umumiy daromad toʻgʻrisidagi hisobot;
- Xususiy kapitaldagi oʻzgarishlar toʻgʻrisidagi hisobot;
- Pul mablagʻlari harakati toʻgʻrisidagi hisobot (bilvosita usul);
- Hisob siyosatining muhim qoidalari va boshqa tushuntirish ma’lumotlarini oʻz ichiga olgan izohlar (moliyaviy hisobotga izohlar).
BHMS boʻyicha tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1 martidan kechiktirmay taqdim etiladi.
MHXS boʻyicha tuzilgan yillik moliyaviy hisobot hisobot yilidan keyingi yilning 1 mayidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Yangi qoidalarda 10.11.2022 yildagi PQ-419-son qarorga muvofiq moliyaviy hisobot topshirishdan ozod qilingan, qat’iy miqdorda aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar borligi hisobga olinmagan. Soliq maslahatchisining fikrini «Kimlar 2024 yil uchun moliyaviy hisobotni 2025 yil 1 martgacha topshirmasligi mumkin» maqolasida oʻqishingiz mumkin.
Mutaхassislarning muhim tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
![]()