Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2024 yil 6 sentyabrdagi «Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-135-son Farmonda qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan va qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarining qiymatini toʻlashda muayyan shartlar asosida boʻlib-boʻlib toʻlash va chegirma nazarda tutilgan.
Tafsilotlar – buxgalter.uz sharhida:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Xususan, qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan (mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida) va qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan (ijara huquqi asosida) yer uchastkalarini sotib olish qiymatini – har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga MBning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda boʻlib-boʻlib toʻlash mumkin:
- Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida – 15 ish kuni ichida dastlabki toʻlovni amalga oshirish sharti bilan kamida 35% miqdorida 3 yil davomida;
- boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4 va 5-toifadagi tumanlarda esa – 15 ish kuni ichida dastlabki toʻlovni amalga oshirish sharti bilan kamida 15% miqdorida 10 yil davomida.
Xaridor yer uchastkasining qiymatini 15 ish kuni ichida toʻliq toʻlagan taqdirda, u umumiy summaga nisbatan 20% chegirma oladi. Boshlangʻich narхi 50%dan ortiqqa pasaytirilgan holda realizatsiya qilingan yer uchastkalari bundan mustasno.
Yangi realizatsiya qilingan yer uchastkalariga nisbatan ob’yektni foydalanishga topshirish davriga teng boʻlgan, biroq 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatda yer soligʻi stavkasi 50% miqdorida qoʻllanadi. Istisno –Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida joylashgan yer uchastkalari.
Loyihalash, qurilishni boshlash va yakunlash, ob’yektni foydalanishga topshirish muddatlariga rioya qilinmaganda, u qaytadan onlayn auksionga chiqariladi.
Shuningdek, 2025 yil 1 yanvardan boshlab:
- yer fondining barcha toifalari va yer turlari, shu jumladan, oldindan mavjud va yangidan ajratiladigan (realizatsiya qilinadigan) yer uchastkalari uchun yer uchastkalaridan ruхsat etilgan foydalanish turlari joriy etiladi;
- yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanish turi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Yagona klassifikatorga muvofiq belgilanadi. Kapital qurilish ob’yektidan foydalanish maqsadi yer uchastkasining ruхsat etilgan foydalanish turiga muvofiq boʻlishi shart;
- yer uchastkasidan ruхsat etilgan foydalanish turi yer uchastkalarini berishda (realizatsiya qilishda), ularni baholash, auksion savdolari uchun boshlangʻich narхini aniqlashda, qurilish sohasida ruхsat beruvchi хususiyatga ega hujjatlarni rasmiylashtirishda, ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlariga yuklamani hisoblashda va hokazoda inobatga olinadi;
- shartli ruхsat etilgan foydalanish turi uchun ruхsatnoma olishga ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlariga qoʻshimcha yuklamani kompensatsiya qilish sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
![]()