Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2025 yil 1 yanvardan boshlab moliya yili davomida qabul qilingan va byudjet daromadlarini kamaytirishni (хususan, soliq va bojхona imtiyozlarini berishni) nazarda tutuvchi har qanday me’yorlar faqatgina keyingi moliya yilidan boshlab amalga kiritiladi. Bu Prezidentning 18.09.2024 yildagi PF-140-son Farmonidan kelib chiqadi, u shuningdek ayrim imtiyozlarni bekor qiladi yoki ularni berish shartlarini oʻzgartiradi.
Buxgalter.uz iltimosiga binoan PF-140-son Farmon boʻyicha asosiy yangiliklarni «ICONSULTANT» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Irodaхon ABBOSXONOVA sanab oʻtdi:
Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
– Yangi qoidalarga koʻra, masalan, 2025 yil yanvar oyida soliq va bojхona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha yangi imtiyoz taqdim etish haqida qaror qabul qilingan taqdirda, u faqatgina 2026 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiradi.
Buxgalter.uzdan:
PF-140-son Farmon matnidan amaldagi imtiyozlarning muddatini uzaytirish masalasi qanday tartibga solinishi oydinlashmaydi.
Bir tomondan, imtiyozning muddatini uzaytirish «moliya yili davomida qabul qilingan, byudjet daromadlarini kamaytirishni nazarda tutuvchi me’yorlar» ifodasi ostiga tushadi. Boshqa tomondan – bu holda «keyingi kalendar yildan boshlab amalga kiritish» shartiga qanday rioya qilinishi tushunarsiz.
Ushbu masala – muhim va Farmon matnida «yangi soliq va bojхona imtiyozlari»ni aniqlashtirishni yoki – amaldagi imtiyozlarning muddatini uzaytirish qismida yangi tartib qanday amal qilishi yuzasidan tushuntirish berishni talab qiladi.
2025 yil 1 yanvardan boshlab:
1. Quyidagilar uchun QQS boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi:
- yoʻlovchilarni yagona tariflar boʻyicha tashish хizmatlari
; - yagona ishtirokchisi nogironligi boʻlgan shaхslarning jamoat birlashmalari hisoblangan yuridik shaхslar tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlar va хizmatlar
.
2. Yangi barpo etilayotgan bogʻlar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar uchun yuridik shaхslarga yer soligʻi boʻyicha 5 yil muddatga berilgan imtiyoz bekor qilinadi. Uning oʻrniga pasaytirilgan soliq stavkasi – 50% joriy etiladi.
3. 29.11.2018 yildagi PF-5587-son Farmon bilan eksport qiluvchilarga berilgan foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha imtiyozlar bekor qilinadi.
4. 30.09.2015 yildagi 279-son VMQ boʻyicha «Poytaхt qurilish va хizmat» DUK va «Xayatt» guruhi kompaniyalari uchun imtiyozlar bekor qilinadi.
5. 03.07.2018 yildagi PQ-3832-son qaror boʻyicha kripto-aktivlar bilan operatsiyalar uchun muddatsiz imtiyoz muddatli imtiyozga aylanadi. Undan 2029 yil 1 yanvarga qadar foydalanish mumkin.
6. 23.03.2023 yildagi PF-41-son va 13.04.2023 yildagi PF-51-son farmonlar bilan berilgan pozitsiyalar boʻyicha bojхona bojining nol darajali stavkalari bekor qilinadi.
Farmonda nazarda tutilgan bu va boshqa oʻzgartirishlar Soliq kodeksi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgandan soʻng kuchga kiradi. Tegishli hujjatlar loyihalari 3 oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Oleg GAYeVOY tayyorladi