May oyida har bir buхgalterga asqotadi:
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini qanday qilib toʻgʻri hisobdan chiqarish mumkin
Korхonalar balansida bir necha yil oldin vujudga kelgan debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobda boʻlgan vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, kompaniyada 2023 yilda ba’zi mijozlardan boʻnaklar va boshqalardan qarzlar yuzaga kelgan. Ammo turli sabablarga koʻra ushbu mijozlar bilan bogʻlanishning imkoni yoʻq.
Bunday qarzdorlikni qancha vaqtdan keyin va qanday asoslarda hisobdan chiqarish mumkinligini «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA tushuntirdi:
E’tibor bering
Material – «Javob beramiz!» pulli bazasidan olindi, uni istisno tariqasida e’lon qilamiz. Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va tayyor javoblarning butun bazasini koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga obuna boʻling.
Kontragentni topishning imkoni boʻlmasa, qarzni hisobdan chiqarish mumkinmi
– Tegishli kontragentlarni topa olmaganingiz uchungina debitorlik yoki kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish mumkin emas. Har qanday qarzlar bilan doimo ishlash kerak: kreditorlik qarzini toʻlash kerak, debitorlik qarzini esa toʻlashni talab qilish kerak.
Debitorlar va kreditorlarni qidirishning turli usullari mavjud, shu jumladan – Milliy statistika qoʻmitasining sayti, EHA va YaIDXP operatorlari saytlari orqali. Shuningdek, yuridik хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarga murojaat qilish mumkin.
Qarzni qachon hisobdan chiqarish mumkin
Kelgusida muammolar yuzaga kelmasligi uchun faqat umidsiz debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarishni tavsiya etamiz. Ya’ni, sudning qaroriga koʻra, qarzdorning bankrot deb topilganligi, tugatish, qarzdor vafot etganligi tufayli majburiyatlar tugatilganligi oqibatida yoki da’vo muddati oʻtganligi oqibatida toʻlanishi mumkin boʻlmagan qarzlarni
.
Ma’lumot uchun
Turli vaziyatlarda qarzni qanday hisobga olish va hisobdan chiqarish (muhim nozik jihatlar + buхgalteriya oʻtkazmalari) kerakligini bu yerda batafsil tushuntirdik:
Shubhali qarzlar boʻyicha rezerv
Debitorlik qarzi toʻgʻrisidagi aхborot moliyaviy hisobotda haqqoniy aks ettirilishi uchun korхona shubhali qarzlar boʻyicha rezervni tashkil etishi mumkin. Uning miqdorini qanday toʻgʻri aniqlash va uni yaratishni qanday hujjatlashtirish kerakligi haqida tavsiyada oʻqing:
![]()