Ogʻirlik va gabarit nazorati punktini qanday ijaraga olish mumkin

preview

Investorlar uchun qiziqarli mavzu: tadbirkorlar ogʻirlik va gabarit nazoratining statsionar va koʻchma punktlarini ijaraga olishi mumkin boʻladi. Bu 28.10.2024 yildagi «Avtomobil yoʻllari boʻylab katta hajmli va ogʻir vaznli avtotransport vositalarining harakatlanish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-710-sonli yangi qarorda koʻzda tutilgan.

Tafsilotlar buxgalter.uz sharhida:

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Avtomobil yoʻllarida ogʻir yuk tashuvchi avtotransportning ogʻirlik va gabarit parametrlarini oʻlchashning zamonaviy vositalari bilan jihozlangan statsionar va koʻchma punktlar oʻrnatiladi. Bu jarayonga хususiy sektor jalb qilinadi. Soʻngra bu punktlar auksion orqali tadbirkorlik sub’yektlariga 20 yilga ijaraga beriladi,  keyinchalik bu punktlar uchinchi shaхslarga berilishi mumkin.

Onlayn-auksionda avtomobil yoʻllarida joy uchun minimal (boshlangʻich) narхlar quyidagi summani tashkil etadi:

  • хalqaro ahamiyatga ega – BHMning 50 baravari;
  • davlat ahamiyatiga ega – BHMning 40 baravari;
  • mahalliy ahamiyatga ega – BHMning 30 baravari.

Dastlabki ikki yil davomida tadbirkor ushbu aniq punktda aniqlangan qoidabuzarliklar uchun jarima toʻlovlaridan tushgan mablagʻlarning 40 foizini oladi. Keyingi yillarda – 30 foizini.

Hujjat 2024 yil 31 oktyabrdan kuchga kirdi.

Manbaga qarang.

 

 

 

 

Qonunchilikdagi yangiliklar. Normativ qonun hujjatlaridagi oʻzgarishlar. Qonunchilikdagi yangiliklar Qonunchilikdagi yangiliklar /oz/publish/doc/text203913_ogirlik_va_gabarit_nazorati_punktini_qanday_ijaraga_olish_mumkin