1-KB shakli yillik statistika hisobotini qanday topshirish kerak

preview

1-KB shakli yillik statistika hisoboti ye-Stat 4.0 dasturida elektron shaklda topshiriladi.

Buxgalter.uz yoʻriqnomasidan foydalanib, 1-KB shakli boʻyicha yillik statistik hisobotni oʻz vaqtida taqdim eting:

Ekspertning kerakli tushuntirishlarini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

Hisobotni topshirish muddatlari

Kichik biznes sub’yektlari uchun 1-KB shakli topshirish muddati – 2025 yil 10 martgacha.

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi kichik biznes sub’yektlari uchun – 2025 yil 1 aprelgacha.

 

Qanday toʻldirish va yuborish kerak

Hisobot.stat.uz saytiga kiring, ochilgan oynaning yuqori oʻng burchagida oʻzbek yoki rus tilini tanlang, keyin – ERI kalitini, soʻngra «Kirish» tugmasini bosing.

 

ERI kaliti parolini ochilgan oynaga kiriting.

 

Yagona identifikatsiya tizimi orqali ham kirish mumkin.

 

«ERI» yorligʻini tanlab, strelkani bosing:

 

Kirgandan soʻng, «Tashkilot nomi» katagidagi ochiladigan tashkilot nomiga bosing:

 

Ochilgan oynada «Kichik biznes va tadbirkorlik» boʻlimini tanlang:

 

Ochilgan «Hisobot turlari» yorligʻida «1 Kb shakli» qarshisidagi «Harakatlar» katagida «Yuborish» paydo boʻladi – bu hisobotni toʻldirish va topshirish uchun ochiqligini bildiradi.

 

«Yuborish»ni bemalol bosing – bu holda hisobot boʻsh holda yuborilmaydi, faqat toʻldirish uchun ochiladi.

E’tibor bering

Hisobotning har bir varagʻini toʻldirayotganda, shakl boʻlimlaridagi «Saqlash» tugmasini vaqti-vaqti bilan bosishni unutmang. Aks holda boʻlimlar boʻyicha toʻldirilgan koʻrsatkichlaringiz saqlanmaydi.

 

Yuborilgandan soʻng hisobot «Yuborilgan hisobotlar» yorligʻida paydo boʻladi, sizga uning holatini kuzatib borish qoladi. Tekshiruvdan soʻng u «Qabul qilindi» sifatida aks ettiriladi. Siz uni Excel ga yuklab olib, elektron shaklda saqlash yoki chop etishingiz mumkin.

 

Agar sizda hisobotni toʻldirish boʻyicha yoki u bilan bogʻliq boshqa savollar tugʻilsa, Toshkent shahar statistika boshqarmasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilishingiz mumkin:

  • (71) 203-88-29, (71) 203-88-09;
  • Call-markaz: (71) 203-80-03.

 

Yuliya TARShILOVA tayyorladi


Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot Boshqa tuzilmalarda hisobot /oz/publish/doc/text205518_1-kb_shakli_yillik_statistika_hisobotini_qanday_topshirish_kerak