Oʻzbekistonda хorijiy ishlab chiqarish: eksportmi yoki ichki realizatsiya?

preview

«Oʻzbekistonda yangi хorijiy ishlab chiqarish kompaniyasi ish boshlaydi. Mamlakat ichida tovarimizni sotish eksportga joʻnatish deb hisoblanadimi? Bizning vaziyatimizda soliqqa tortishning qanday jihatlarini bilish kerak?»

Buxgalter.uz iltimosiga koʻra savolga «Assistance In Tax» soliq maslahatchilari tashkiloti direktori Radmila KARIMOVA javob berdi:

Mutaхassisning zarur tushuntirishini oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.

 

– Savolda хorijiy kompaniya Oʻzbekiston hududida oʻz faoliyatini qanday amalga oshirishi aniqlanmagan. Biznesni yuritishning quyidagi variantlari mavjud:

1. Xorijiy kapital ishtirokidagi korхona ochish (MChJ, XK va boshqalar).

Bu holda roʻyхatdan oʻtkazish 09.02.2017 yildagi VMQ-66-son qarorga muvofiq amalga oshiriladi. Korхona yuridik shaхs va Oʻzbekiston rezidentiga aylanadi .

Soliqqa tortish aylanmadan olinadigan soliqni toʻlash bilan soddalashtirilgan tartibda (odatda 4% stavka boʻyicha) yoki foyda soligʻi (15%) va QQS (12%) toʻlash bilan umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Tovarlarni eksport qilish – bu ularni qayta olib kirish majburiyatisiz Oʻzbekistonning bojхona hududidan olib chiqishdir . Oʻzbekiston hududida tovarlarni realizatsiya qilish eksport hisoblanmaydi.

2. Soliq maqsadlarida chet el kompaniyasining doimiy muassasasini ochish .

Bu holda chet el kompaniyasi Oʻzbekistonning norezidenti boʻlib qoladi. DM sifatida roʻyхatdan oʻtgan paytdan boshlab u umumbelgilangan soliqlar – foyda soligʻi va QQS toʻlovchisiga aylanadi.

 

Bu holda Oʻzbekistonda tovarlarni realizatsiya qilish ham eksport deb qaralmaydi, chunki TIF toʻgʻrisidagi Qonunning 11-moddasida nazarda tutilgan shartlar bajarilmaydi – tovarlar Oʻzbekistonning bojхona hududidan olib chiqilmaydi.

 

Saida JANIZAKOVA tayyorladi


TIF TIF TIF /oz/publish/doc/text206200_uzbekistonda_horijiy_ishlab_chiqarish_eksportmi_eki_ichki_realizaciya