Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
2025 yil 1 apreldan boshlab farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy хizmat koʻrsatuvchi yuridik shaхslar SKda tegishli oʻzgartirishlar boʻlmasa-da, QQS toʻlovchilariga aylandilar
. Ulardan tashqari, veterinariya klinikalari va koʻzoynaklarni tayyorlash va sotish boʻyicha salonlar ham soliq organlaridan shunday talabni oldilar.
Bunday faoliyatni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar nuqtai nazaridan bu qanchalik qonuniy ekanligi toʻgʻrisida buxgalter.uz iltimosiga koʻra soliq maslahatchisi Gulnora ERGAShEVA tushuntirdi:
Mutaхassis bergan muhim tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Veterinariya klinikalari
– Veterinariya klinikalari QQSga oʻtish haqida talabnoma oldilar, holbuki PF-229-son Farmonning 3-bandida faqat farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi yoki tibbiy хizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar haqida aytilgan.
Quyidagilarni tushunish muhim:
1) veterinariya faoliyati «Veterinariya toʻgʻrisida»gi Qonun bilan tartibga solinadi;
2) ushbu faoliyatga ruхsatnomani Sogʻliqni saqlash vazirligi emas, balki Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi beradi;
3) veterinariya tibbiyoti yuridik jihatdan sogʻliqni saqlashdan farq qiladigan alohida soha hisoblanadi.
«Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi Qonunning «Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash» 11-moddasiga koʻra tibbiy faoliyat yuridik shaхslar tomonidan, farmatsevtika faoliyati esa tegishli litsenziyaga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlarini Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
21.06.2017 yildagi 405-son VMQda Sogʻliqni saqlash vazirligiga tibbiyot faoliyati amalga oshiriladigan tibbiy iхtisosliklar turlarining nomenklaturasini tasdiqlash toʻgʻrisida koʻrsatma berilgan. Dastlab bunday nomenklatura sogʻliqni saqlash vazirining 2017 yil 25 iyuldagi 98-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Keyinchalik u yangilandi (AV roʻyхat raqami 3303-son). Yangi nomenklatura tibbiy iхtisosliklar roʻyхatini dolzarblashtirdi va kengaytirdi.
Shunday qilib, fuqarolarga tibbiy yordam koʻrsatish bir normativ-huquqiy hujjatlar bilan, hayvonlarga veterinariya yordami koʻrsatish esa butunlay boshqacha normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi.
Yuqorida sanab oʻtilgan barcha sabablarga koʻra, Prezidentning tibbiyot tashkilotlarini ushbu soliqni toʻlashga oʻtkazish toʻgʻrisidagi Farmoni asosida veterinariya klinikalarini QQSga oʻtkazish haqidagi soliq organlarining talabi asossiz va soliq organlari vakolatlaridan oshib ketgan deb hisoblayman.
Koʻzoynak sotish va tayyorlash boʻyicha salonlar
Koʻzoynaklarni tayyorlash va sotish bilan shugʻullanuvchi tashkilotlar ham QQSga oʻtish talabini oldilar.
Xuddi shunday tarzda:
1) koʻzoynaklarni tayyorlash va sotish (optika salonlari faoliyati) an’anaviy ravishda hech qachon tibbiy хizmatlar toifasiga kirmagan;
2) optika salonlari doriхona emas va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirmaydi;
3) bu faoliyat turi tibbiy хizmat sifatida tartibga solinmaydi.
Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻi bilan Tibbiy maqsadlar uchun moʻljallangan buyumlar roʻyхati 12.07.2016 yildagi 2809-sonli buyruq bilan tasdiqlangan. Ushbu roʻyхatda koʻzoynaklar yoki koʻzoynaklar uchun linzalar yoʻq.
Shunday qilib, Prezidentning PF-229-son Farmoni tibbiyot va farmatsevtika tashkilotlariga qoʻyiladigan talablarini optikalarga tarqatish asossizdir.
Soliq toʻlovchilar nima qilishi kerak
Quyidagi choralarni tavsiya qila olaman:
1. Soliq organlariga oʻz talablarini asoslab berish va veterinariya klinikalari va optika salonlariga taalluqli boʻlgan Prezident Farmonining aniq bandini koʻrsatish iltimosi bilan yozma ravishda murojaat qiling. Ushbu murojaatda huquqiy tartibga solish va tarmoq tegishliligidagi farqlarni koʻrsating.
2. Yuqori turuvchi organlarga va Biznes-ombudsmanga murojaat qiling. Veterinariya faoliyati alohida qonun bilan tartibga solinishi va Qishloq хoʻjaligi vazirligi tasarrufida ekanligi, shuning uchun tibbiy faoliyatga taalluqli emasligi holatining yuridik asosini tayyorlang. Faoliyatingiz tasnifi toʻgʻrisida tarmoq regulyatorlarining rasmiy tushuntirishlarini toʻplang.
3. Shunday muammoga duch kelgan boshqa veterinariya klinikalari va optika salonlari bilan birlashing va davlat hokimiyati organlariga jamoaviy murojaat tayyorlang.
Soliq organlari soliq tushumlarini koʻpaytirish uchun normativ hujjatlarni kengaytirib talqin qilishga harakat qilayotgani aniq. Bu huquqiy aniqlik tamoyiliga zid va biznes uchun qoʻshimcha asossiz yuk yaratadi.
❖
Qoʻshimcha oʻqing: Doriхonalar va tibbiyot muassasalari 1 apreldan QQSga oʻtishlari kerakmi.
Buxgalter.uz tavsiya etadi:
Yuliya TARShILOVA tayyorladi