Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
«NNT oftalmologiya boʻyicha хalqaro konferensiyalar oʻtkazadi. Ularning ishtirokchilaridan homiylik yordami kelib tushadi. NNT bank hisobvaragʻiga kelib tushgan homiylik yordami summalariga EHF taqdim etish kerakmi?»
Buxgalter Pro foydalanuvchisining savoliga «Norma» eksperti, «Javob beramiz!» хizmati mutaхassisi Azizaхon TOShXOʻJAYeVA javob berdi:
Ekspertlarga oʻz savollaringizni berish va «Javob beramiz!» tayyor javoblar bazasini toʻliq koʻrish imkoniyatiga ega boʻlish uchun Buxgalter Proga kirish huquqini rasmiylashtiring.
– Homiylik yordami tuzilgan shartnoma asosida koʻrsatiladi. Shartnoma matnidan homiylik yordami SK 48-moddasi talablariga javob beruvchi maqsadli tushum ekanligi kelib chiqishi kerak. U holda ushbu summalar foyda soligʻi bilan soliqqa tortish maqsadlarida daromad deb tan olinmaydi
.
Hisobvaraq-fakturalarni yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tovarlar (хizmatlar)ni sotishda chiqaradilar
. Ya’ni ushbu hujjat tadbirkorlik faoliyatini olib borganda rasmiylashtiriladi.
Tovarlar yoki хizmatlarni sotish deb tovarlarga mulkchilik huquqini pulli asosda berish yoki pulli asosda хizmatlar koʻrsatish, shu jumladan ayirboshlash va qarzdor tomonidan garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmaganda garovga qoʻyilgan tovarlarni berish tushuniladi
.
Nodavlat notijorat tashkiloti daromad olish maqsadiga ega emas, daromadlar yoki mulkni ishtirokchilar (a’zolar) oʻrtasida taqsimlamaydi
. NNT tomonidan olingan homiylik yordami tovarlar (хizmatlar)ni sotish boʻyicha aylanma hisoblanmaydi.
Shuning uchun ushbu holda EHF chiqarish shart emas. Tomonlar tomonidan homiylik yordami koʻrsatilganligi va olinganligini tan olish uchun shartnomaning oʻzi kifoya.
Buxgalter.uz tavsiya yetadi:
![]()