Yillik inventarizatsiya – 2026: tartib va hujjatlar
Oʻzbekistonda transfert narxni belgilash: soliqchilarda savol tugʻdiradigan bitimlar
Oʻzbekistonda oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi barcha bitimlar transfert narxlari qismida maxsus nazorat ostida. Bu masalani Soliq kodeksi tartibga soladi.
Transfert bitimlari qachon nazorat qilinishini, buxgalter nega ular haqida xabar berishi shart ekanligini, soliq organiga xabarnomani qanday topshirish kerakligini batafsil koʻrib chiqamiz.
Kerakli tushuntirishni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
Materialda:
– qanday narx transfert narx hisoblanadi;
– qaysi bitimlar nazoratga olinadigan deb e’tirof etiladi;
– nazoratga qilinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabar berish tartibi;
– tashkilotlarga soliq xavflarini kamaytirish boʻyicha maslahatlar.
Transfert narxni belgilash nima?
Transfert narxni belgilash – bu oʻzaro bogʻliq tomonlar oʻrtasidagi bitim shartlarini shakllantirish boʻlib, unda moliyaviy natija oddiy bozor operatsiyasida olinganidan farq qiladi
.
Agar kompaniya bitim narxini kamaytirib, bozor sharoitlarida olishi mumkin boʻlganidan kam daromad olsa, soliq organlari soliq bazasini oshirish huquqiga ega. Bunday tuzatishlar hatto mustaqil tomonlar oʻrtasidagi bitimlarda ham narx bozor darajasidan ogʻishlar aniqlansa qoʻllaniladi.
Soliq qoʻmitasi foyda soligʻi, QQS, aksiz soligʻi, JShDS va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni toʻgʻri hisoblashni tekshiradi
. Va bozor narxlaridan ogʻishlar aniqlangan taqdirda – soliq bazasiga tuzatish kiritadi va soliqlarni qoʻshimcha hisoblaydi.
Agar transfert narx tufayli u kamaytirilgan yoki haddan tashqari katta zarar koʻrilgan boʻlsa, kompaniya oʻzi ham soliq summasini tuzatishi mumkin, . Bunday tuzatish kalendar yil tugagandan keyin amalga oshiriladi
.
Qaysi bitimlarda buxgalter ehtiyot boʻlishi kerak?
Transfert narxni belgilashda soliq nazorati barcha operatsiyalar boʻyicha ketma-ket oʻtkazilmasligini tushunish muhim. Soliq kodeksida qaysi bitimlar nazoratga olinadigan hisoblanishi va soliq bazasini tuzatishga olib kelishi mumkinligi toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrsatilgan
. Bular:
1. Oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasidagi bitimlar 
Bu bitimlar ma’lum sharoitlarda nazoratga olinadiganlar qatoriga kiradi. Masalan, bir tomon imtiyozli soliq rejimini qoʻllaydi yoki MIZ ishtirokchisi, ikkinchisi esa yoʻq;
sizning kontragentingiz bilan bitimlar boʻyicha yillik daromad 5 mlrd soʻmdan oshadi va hokazo.
Quyidagilar nazorat ostiga tushadi:
- birja guruhlariga kiruvchi tovarlarni (rangli va qimmatbaho metallar, mineral oʻgʻitlar, uglevodorod xomashyosi, paxta tolasi va ip) eksport va import qilish;
- offshor yurisdiksiyalarda roʻyxatdan oʻtgan kontragentlar bilan operatsiyalar.
3. Bozor narxlaridan ogʻishlari bor bitimlar
.
Bitimlardagi narxlar quyidagi hollarda bozor narxlari deb e’tirof etiladi:
- bitim mustaqil shaxslar oʻrtasida tuzilgan;
- narx:
– Oʻzbekistonda yoki chet elda birja savdolarida belgilangan;
– monopoliyaga qarshi organning koʻrsatmasi boʻyicha aniqlangan;
– soliq organi bilan narxlarni belgilash toʻgʻrisidagi bitimda mustahkamlangan;
– davlat tomonidan tartibga solinadi (qat’iy, chegaraviy minimal yoki maksimal narx, ustamalar, chegirmalar, rentabellik limiti).
Barcha boshqa hollarda buxgalter ehtiyot boʻlishi kerak.
Buxgalter Pro da nazoratga olinadigan bitimlarning batafsil belgilari, maxsus sanoat zonalari roʻyxati va ekspert tushuntirishlari toʻplangan.
Buxgalterning nazoratga olinadigan bitimlar toʻgʻrisida xabar berish majburiyati: tartibi, muddatlari
Korxona buxgalteri oʻz kompaniyasining nazoratga olinadigan bitimlarini kuzatib borishi va ular haqida soliq organiga oʻz vaqtida xabar berishi shart.
Bitimlar toʻgʻrisida xabarnoma nazoratga olinadigan bitimlar amalga oshirilgan kalendar yili uchun yillik moliyaviy hisobotni topshirish muddatidan kechiktirmay taqdim yetiladi
:
- BHMSga koʻra – 1 martdan kechiktirmay;
- MHXSga koʻra – 1 maydan kechiktirmay.
Xabarnoma shakli va uni toʻldirish tartibi maxsus Nizomda belgilangan. Agar yuborilgan xabarnomada xatolar yoki noaniqliklar aniqlansa, buxgalter aniqlashtirilgan xabarnomani topshirish huquqiga ega
.
Xabarnomani soliq organiga elektron shaklda my3.soliq.uz sayti orqali topshiring. Buni amalga oshirish uchun "Elektron hujjat aylanishi" boʻlimidagi tegishli xizmatga kiring.
Xabarnomani olgandan soʻng, soliq inspeksiyasi uni 10 kun mobaynida Soliq qoʻmitasiga yoʻnaltiradi.
E’tibor bering
Agar soliq tekshiruvi yoki monitoring paytida buxgalter xabar bermagan nazorat qilinadigan bitimlar aniqlansa, soliq organi oʻzi ular haqida ma’lumotlarni Soliq qoʻmitasiga yoʻnaltiradi. Bunday holda inspeksiya xabarnomani yoʻnaltirilgan sanadan e’tiboran 10 kundan kechiktirmay soliq toʻlovchiga bu haqda xabar berishi shart.
Tashkilotga muammolardan qochish boʻyicha maslahatlar
Bitim boʻyicha narxlarning bozor darajasini tasdiqlashdagi xatolar jarimalarga, soliqlarni qoʻshimcha hisoblab chiqarishga va soliq organlari bilan nizolarga olib kelishi mumkin. Xavflarni kamaytirish uchun:
- narxlarni doimiy monitoringini yuriting.
Bozor koʻrsatkichlarini muntazam nazorat qilish ogʻishlarni oʻz vaqtida aniqlashga yordam beradi. Buni amalga oshirish uchun birja kotirovkalari, yetkazib beruvchilarning narxnomalari va mustaqil manbalar ma’lumotlaridan foydalaning. Shartnoma amal qilish davri mobaynida tovar va xizmatlar qiymatining dinamikasini kuzatib borish maqsadga muvofiq;
- bitimning bozor xarakterini tasdiqlang.
Har qanday nazorat qilinadigan bitim dalillar bazasi bilan birgalikda boʻlishi kerak. Shuning uchun shartnoma va boshlangʻich hujjatlarga narxnomalar, mustaqil kontragentlarning tijorat takliflari va narxlar toʻgʻrisida ma’lumotning boshqa manbalarini ilova qilish kerak. Narxni hisoblash usulini koʻrsatgan ichki ma’lumotnoma yoki analitik eslatma asoslanganlikning qoʻshimcha tasdigʻi boʻladi;
Oʻzbekistonda xalqaro e’tirof etilgan transfert narxni belgilash usullari qoʻllaniladi:
- qiyoslanadigan bozor narxlari usuli – oʻxshash bitimlar bilan solishtirish
; - keyingi realizatsiya narxi usuli – agar tovar mustaqil shaxslarga qayta sotilsa
; - xarajatli usul – qiyoslanadigan bitimlardagi xarajatlarning yalpi rentabelligini solishtirish
; - taqqoslanadigan rentabellik usuli – taqqoslanadigan bitimlar yoki kompaniyalar boʻyicha operatsion rentabellik tahlili
; - foydani taqsimlash usuli – agar transfert narxlarini belgilashning boshqa usullarini qoʻllash mumkin boʻlmasa, umumiy foydani bogʻliq kompaniyalar oʻrtasida ularning hissasiga (xarajatlar, xavflar, aktivlar) mutanosib ravishda boʻlish usuli
.
Usulni toʻgʻri tanlash va uni hujjatlarda tasdiqlash muhim;
- ishtirokchilarning oʻzaro bogʻliqligini nazorat qiling.
Umumiy ta’sischilar, rahbarlar yoki qonunchilikda belgilangan boshqa aloqalar bitimni nazoratga olinadigan deb e’tirof etishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun buxgalter rasmiy reyestrlar ma’lumotlaridan foydalanish va kontragent-kompaniyalarning egalari va rahbarlari tarkibini tekshirish foydali. Hatto bilvosita aloqalar ham bitimni nazoratga olinadigan deb e’tirof etishga olib kelishi mumkin;
- hisobotni oʻz vaqtida topshiring.
Nazorat qilinadigan bitimlar boʻyicha xabarnomalarni topshirish muddatlariga rioya qilish jarimalardan va soliq bazasini tuzatishdan qochishga yordam beradi. Buzilishlarga yoʻl qoʻymaslik uchun buxgalter soliq voqealari kalendarini yuritishi va hisobotni tayyorlashni oldindan rejalashtirishi kerak.
Oʻqishni tavsiya etamiz:
- Transfert narxini belgilashda qaysi holatlarda soliq nazorati amalga oshiriladi;
- Transfert narxlarini belgilashda soliq nazorati oʻtkazilishining tartibi qanday boʻlishi kerak;
- Oʻzbekistonning rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar oʻrtasida foizsiz qarzda transfert narxini belgilash me’yorlarini qanday hisobga olish kerak;
- Nazorat qilinadigan chet el kompaniyalarining foydasiga soliq solish.
![]()