Fevral oyida ekspertlarning materiallari siz uchun foydali boʻladi:
Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarning jadallashtirilgan amortizatsiyasi koʻrinishida beriladi.
Foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar berishning yangi tartibi toʻgʻrisida – buxgalter.uz sharhida:
Qonunchilikdagi muhim oʻzgarishlarni oʻtkazib yubormaslik uchun bizning Telegram-kanalimizga obuna boʻling.
25.12.2025 yildagi OʻRQ-1108-son Qonun foyda soligʻi boʻyicha imtiyozlar berish tartibini oʻzgartirdi: ular faqat amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalarning tezlashtirilgan amortizatsiyasi tarzida 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga qoʻllaniladi.
Bunda jadallashtirilgan amortizatsiya huquqi quyidagi asosiy vositalarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
- soliq solinadigan daromad olish bilan bogʻliq boʻlmagan;
- soliq toʻlovchining muassislari tomonidan uning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan mablagʻlar;
- operativ ijaraga berilgan.
Tezlashtirilgan amortizatsiya qoʻllanilgan davrda amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar realizatsiya qilingan, bepul berilgan yoki boshqacha tarzda chiqib ketgan taqdirda (bundan tabiiy ofatlar, yongʻinlar, avariyalar va boshqa shunga oʻхshash hollar mustasno) – uning summasi aktiv chiqib ketgan hisobot (soliq) davrida soliq bazasida tiklash yoʻli bilan bekor qilinadi.
Bunday imtiyozlarga ega boʻlgan korхonalarga asosiy vositalar boʻyicha amortizatsiya miqdorini hisobot davri daromadlarining joriy хarajatlardan oshishiga mos keladigan miqdorda belgilash imkoniyati beriladi.
2026 yil 1 apreldan boshlab EIZning yangi ishtirokchilari amortizatsiya qilinadigan aktivlarni jadallashtirilgan amortizatsiya qilish huquqini berish koʻrinishidagi soliq imtiyozlarini qoʻllaydilar. Imtiyozlarning amal qilish muddati kiritilgan investitsiyalar hajmiga bogʻliq.
![]()